Isroil va Hamas örtasida 19 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 8:30 da (Toşkent vaqti bilan soat 11:30) boşlanişi kerak bölgan öt oçişni töxtatiş rejimi keçiktirildi. Hamas bungaça Isroilga yakşanba kuni ozod etiladigan garovdagilar röyxatini berişi kerak edi, ammo buni qilmagan. Isroil mudofaa armiyasi rasmiy vakili Daniel Hagari «Hamas öz majburiyatlarini bajarmayotgani» tufayli armiya Ğazo böylab zarbalar yöllaşda davom etayotganini bildirgan.
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu ozod etiladigan asirlar röyxati kelib tuşmaguniça öt oçişni töxtatiş rejimi kuçga kirmasligini ma’lum qilgan. 19 yanvar tongida u milliy xavfsizlik sohasida muhim qarorlarni qabul qiladigan hukumat komissiyasi – harbiy-siyosiy kabinet yiğilişini çaqirgan.
Hamasdagilar keçikişni «texnik sabab» bilan izohlab, bu bilan nima nazarda tutilganiga aniqlik kiritmagan. Şu bilan birga, guruh öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga sodiq ekaniga işontirgan. «Aşark» telekanali (Saudiya Arabistoni) ma’lumotiga köra, röyxat «bir neça soat içida» Isroilga yuboriladi.
Sulhning birinçi bosqiçida (19 yanvardan keyingi olti hafta) Hamas garovdagi 33 isroillikni ozod etişi kerak — ayollar, bolalar, keksa kişilar, yaradorlar hamda bemorlar. Umumiy röyxat allaqaon e’lon qilingan. Ular bir neça guruhga bölingan holda qaytarilişi közda tutilgan. Birinçi partiya röyxati yöqligi sulh boşlanişi keçikişiga sabab böldi.

Dawoud Abu Alkas / Reuters / Scanpix / LETA
Isroil qöşini Ğazo sektori janubidagi Rafah şahrini tark etişga kirişgan. Bu haqda voqea joyidan turli manbalar, jumladan CNN muxbiri xabar bermoqda. Öt oçişni töxtatiş haqidagi kelişuv şartlariga köra, Isroil mudofaa armiyasi sulhning birinçi bosqiçida sektorning aholi tiğiz yaşaydigan hududlaridan olib çiqilişi, ammo çegara böylab taşkil etilgan bufer zonalar, jumladan, Ğazo va Misr çegarasidagi Filadelfiya yölagi ustidan nazoratni saqlab qolişi kerak.
Ğazo sektorining şimoliy qismida yaşovçi aholi ham janubdan uylariga qayta boşlagan. Isroil mudofaa armiyasining matbuot xizmatining arab bölimi vakili Avixay Adrai öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv hali kuçga kirmagani tufayli bu xavfli bölişi mumkinligini qayd etgan.










