Grenlandiya AQŞ bilan mudofaa bitimini Daniya iştirokisiz uzaytiriş niyatida. Bu haqda hukumat koalitsiyasi partiyasining deputati Kuno Fenker ma’lum qildi. Şu bilan birga, uning ta’kidlaşiça, Grenlandiya Daniya va YeI bilan alohida bitim imzolaşi mumkin.

«Bizda Daniyaning Qöşma Ştatlar bilan mudofaa bitimi bor. Uni qayta tiklaşni istaymiz, ammo uni faqat Grenlandiya va AQŞ örtasida imzolaş niyatidamiz», — deydi Fenker.

Uning ta’kidlaşiça, Grenlandiya Daniya orqali bölsa-da, NATO a’zosi hisoblanişi, orolda esa AQŞning harbiy iştiroki mavjud.

«Daniya bizni mustamlaka qilib, grenlandiyaliklar uçun referendum ötkazmasdan öz tarkibiga qöşib olgan. Şu orqali Daniyaning de-fakto Grenlandiyaga qonuniy haqqi yöq», — deya ta’kidlaydi Fenker.

2024 yil dekabr oxirlarida Daniya harbiy idorasi rahbari dunyodagi eng katta orolning mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oşiriş rejalari haqida e’lon qilgandi. Bu AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani sotib oliş niyatida haqida e’lon qilganidan keyin sodir böldi. U mazkur rejasini «milliy xavfsizlik va butun dunyo ozodligi» masalasi deb atagan. Grenlandiya savdo vaziri Naayya Natanielsen bunga javoban orol AQŞ tarkibiga kirilişga intilmayotgani, biroq hukumat Vaşington bilan bitim imzolaşga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.

Öz navbatida Grenlandiya boş vaziri Mute Egede bir neça bor orol mustaqilligini qöllab-quvvatlagan va orol «sotilmaydi» dedi. Daniya boş vaziri Mette Frederiksen qirollik yaxlitligini saqlab qoliş istagini bildirdi, biroq orolning mustaqillikka intilişini «qonuniy va tuşunarli» deb atadi.