19 yanvar kuni, kelişilgan grafikdan uç soatlik keçikiş bilan Ğazo sektorida sulh kuçga kirdi. Uruş 2023 yil 7 oktyabrida Hamas Isroilning çegaradagi aholi yaşaş manzillari va Nova musiqa festivaliga hujum qilişi bilan boşlangandi. Bunga javoban Isroil armiyasi boşlagan amaliyot davomida Ğazoda ön minglab kişilar halok böldi, yuz minglab kişilar jabrlandi va uylaridan mahrum böldi. Meduza uruş falastinliklar va isroilliklar uçun qanday oqibatlar keltirib çiqargani aks etgan fotosuratlarni taqdim etdi.

Ğazo

Ğazo sektori şimoli. 2025 yil 14 yanvar, öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv tuzilişidan bir kun oldin
Amir Cohen / Reuters / Scanpix / LETA
Ğazo sektori janubidagi Xon Yunus. 16 yanvar, sulh tuzilganidan keyingi kun
Hatem Khaled / Reuters / Scanpix / LETA
Qariyb 2 million kişi — Ğazo sektori aholisining katta qismi — öz uylarini tark etişga majbur bölgan. Ulardan köpçiligi oylar davomida palatkalarda yaşab kelmoqda. 2025 yil 1 yanvar
Mahmoud Isleem / SIPA / Scanpix / LETA
Inas Abu Maamar 5 yoşli qarindoşi Salining jasadi bilan. Nosir şifoxonasi, Xon Yunus, 2023 yil 17 oktyabr
Mohammed Salem / Reuters / Scanpix / LETA
Ğazo sektori janubidagi Rafah şahridagi masjid xarobalari. 2024 yilgi ramazon oyining ilk jumasi (15 mart)
Mohammed Salem / Reuters / Scanpix / LETA
Xon Yunus, 2025 yil 16 yanvar
Hatem Khaled / Reuters / Scanpix / LETA