AQŞ davlat kotibi lavozimiga nomzod Mark Rubio Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan Jyekson-Venik tuzatişini “eskilik sarqiti” deb atadi va uni bekor qiliş kerakligini aytdi. Xöş, bu tuzatiş özi nima? U bekor qilinsa, nima özgaradi? Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov Kun.uz'dagi kolonkasida şu haqda söz yuritdi.

AQŞda hokimiyat almaşmoqda. Saylangan prezident Donald Tramp 20 yanvardan boşlab prezidentlik vakolatlarini bajarişga kirişadi. Yangi saylangan AQŞ prezidentlari vakolatini bajarişga kirişişidan oldin, eng muhim davlat lavozimlariga nomzodlarni oldindan tayyorlab qöyişadi. Trampning AQŞ davlat kotibi lavozimiga asosiy nomzod – Mark Rubio. Mark Rubio şu kunlarda Markaziy Osiyo böyiça muhim bayonot bilan çiqdi. U Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan Jyekson va Venik tuzatişini “eskilik sarqiti” deb atadi va butunlay olib taşlaş tarafdori ekanini aytdi.

Bu tuzatiş sovuq uruşning qoq çöqqisida, 1974 yilda qabul qilingan. Bu tuzatiş AQŞning “Savdo töğrisidagi qonuni”ga kiritilgan edi. Ikki kongressmen – Henri Jyekson va Çarlz Venikning taşabbusi bilan, öşa 1974 yilda SSSRdagi inson huquqlari buzulişi, jumladan sovet fuqarolariga emin-erkin köçib ketiş huquqi berilmayotganiga qarşi, jazo çorasi sifatida uşbu tuzatiş kiritilgan edi.

Öşa vaqtlari SSSR köplab yahudiy millatiga mansub öz fuqarolarining Isroilga köçib ketişiga tösqinlik qilar edi. Qolaversa, boşqa davlatlarga köçib ketmoqçi bölganlar ham bu huquqidan foydalanişi juda qiyin edi. Uşbu tuzatiş kiritilişi oqibatida, SSSR mahsulotlariga boj bir neça barobar oşiriladi, SSSRga Amerika tovarlari eksporti ham çeklanadi.

Bu SSSRga avvalo siyosiy, qisman iqtisodiy ta’sir qiladi. Qisman deyişga sabab, SSSRning asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlari – sotsialistik lager davlatlari edi. Umuman, SSSR yalpi içki mahsulotida taşqi savdoning uluşi katta bölmagan, mutaxassislarning aytişiça, taxminan 5-6 foiz atrofida bölgan.

1987 yilda SSSR prezidenti Mixail Gorbaçev Isroilga köçib ketişga tösqinliklarni töliq olib taşlaydi. 1991 yilga kelib, SSSR töliq qulagaç, bu tuzatiş yangi paydo bölgan mustaqil davlatlarga nisbatan avtomatik ravişda saqlanib qoladi. Şu bilan birga, 1994 yildayoq, öşa davrdagi AQŞ prezidenti Bill Klinton bu tuzatişdan voz keçiş vaqti kelganini aytadi.

Şunga qaramay, bu tuzatiş haliga qadar ba’zi mustaqil davlatlarga nisbatan, jumladan, Özbekiston va Qozoğistonga nisbatan saqlanib qolmoqda. Buning sabablari köp. Mark Rubioga qadar oldingi AQŞ siyosatçilari, davlat kotiblari ham bu tuzatişdan voz keçiş vaqti kelganini köp aytişgan.