Turkiyada özbekistonliklarni fohişalik uçun sotib yuborgan ayol qölga olindi. Bu haqda Istanbul şahridagi Boş konsulxona xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Özbekiston va Turkiya Içki işlar vazirligi hamkorligida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, IIV tomonidan qidiruvda bölgan O‘.S. Toşkent şahriga deportatsiya qilingan.

1990 yilda tuğilgan  mazkur ayol çet elda qonunga xilof ravişda Özbekiston fuqarolarining hujjatlarini olib qöygan va şahvoniy maqsadlarda sotib yuborgan.

“Uşbu şaxsning xatti-harakatlaridan jabr körgan fuqarolardan Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasiga yoki Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi yoxud içki işlar organlarining quyi hududiy bölinmalariga murojaat qiliş söraladi”, deyiladi xabarda.