Qozoğistonning bir qator viloyatlarida kartoşka narxi keskin oşib ketgani tufayli hukumat uşbu mahsulotning uçinçi davlatga eksportini olti oyga çeklaşga qaror qildi, deb xabar beradi Kazinform.
Qozoğiston hukumati matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, boş vazir körsatmasiga binoan Qişloq xöjaligi, Savdo va integratsiya vazirliklariga mamlakatdagi kartoşka bozorida yuzaga kelayotgan vaziyatni muntazam monitoring qiliş topşirilgan.
«Qöşni davlatlarda, ayniqsa, Özbekistonda talab ortgani va eksport narxlarining yuqoriligi tufayli joriy yilda kartoşka eksporti 1,5 barobarga oşib, 411 ming tonnadan 605 ming tonnaga yetdi. Bu kabi talab ajiotaji içki bozorga ta’sir körsatdi. Oxirgi haftada eksport bilan şuğullanuvçi işlab çiqaruvçilar örtasida narxlarning keskin ösişi qayd etildi (170 dan 270 tengegaça)», — deyiladi hukumat xabarida.
Içki bozorda kartoşka narxini barqarorlaştiriş uçun Savdo faoliyatiga oid masalalar böyiça idoralararo komissiya yiğilişida kartoşkani uçinçi davlatga olib çiqilişini 6 oy muddatga çeklaş böyiça qaror qabul qilingan.
«Mazkur çora YeOII davlatlariga taalluqli emas, ammo uşbu yönalişdagi eksport nazorat ostida böladi. Şu bilan birga, yuzaga kelgan vaziyat inobatga olingan holda 16 yanvardan eksport uçun fitosanitar sertifikatlarni taqdim etiş butunlay töxtatildi», — deya ta’kidlanadi xabarda.
Qozoğiston Qişloq xöjaligi vazirligiga köra, bugungi kunda mavjud zaxiralar 2025 yilgi hosilga qadar içki bozor talabini qondiriş uçun töliq yetadi. 19 yanvar holatiga köra, 850 ming tonnadan ortiq kartoşka zaxirasi mavjud.












