Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev uşbu haftada Birlaşgan Arab Amirliklariga qilgan safari çoğida «Mançester Siti» klubi egalari sanalmiş Abu Dabi valiahd şahzodasi Şayx Xolid ibn Muhammad Ol Nahayon bilan uçraşgan edi.
Özbekiston prezidenti Abu Dabi valiahd şahzodasi Şayx Xolid ibn Muhammad Ol Nahayon bilan uçraşuvda Abduqodir Husanovning «Mançester Siti» klubiga ötişi haqida ham suhbatlaşgani ma’lum böldi.
«Mançester Siti»ga egalik qiladigan oila vakili şunday futbolçini ulğaytirgan özbek xalqiga hurmatini bildirgan.
Eslatib ötamiz, Abduqodir Husanov «Lans»dan 40 million yevro evaziga «Mançester Siti»ga transfer qilindi. 20 yoşli özbekistonlik futbolçi yangi klubi safida 45-raqamda töp surişi ma’lum qilingandi.
Ma’lumot uçun, Husanov Angliya Premer-ligasida töp suradigan ilk özbek futbolçisiga aylandi. U transfer borasida ham özbek futbolçilarining rekordini yangiladi.







