Sud Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilgani uçun hokimiyatdan çetlatilgan prezident Yun Sok Yolni rasman hibsga oliş uçun order berdi, deb yozmoqda Yonhap agentligi.

Qayd etilişiça, Seul Ğarbiy okrug sudi orderni Yun isyon uyuştirgani va hokimiyatni suiiste’mol qilgani uçun bergan.

Tergovçilar endi Yun Sok Yolni 20 kungaça hibsda uşlay oladi, bunda uning 15 yanvar kuni Seuldagi qarorgohda uşlanganidan keyingi muddati ham hisoblanadi.

Korrupsiyaga qarşi tergov boşqarmasi Yunni 10 kundan keyin prokuraturaga topşirişni rejalaştirmoqda. Şundan keyin prokuratura tergovni davom ettiradi va 20 kunlik muddat tugagunga qadar unga ayblov e’lon qiladi.

Yun Sok Yol 18 yanvar kuni özining hibsga olinişi böyiça ötkazilgan sud eşituviga taşrif buyurgan. U beş soatlik eşituv davomida 40 daqiqa sözga çiqqan, şuningdek, beş daqiqalik yakunlovçi nutqini ham gapirgan.

Yun harbiy holat joriy etişga uringani uçun hokimiyatdan çetlatildi

Janubiy Koreya parlamenti 14 dekabr kuni Yun Sok Yolni hokimiyatdan çetlatgan. Bunga davlat rahbari tomonidan 3 dekabr kuni siyosiy raqiblarga qarşi kuraşiş maqsadida e’lon qilingan harbiy holat sabab böldi. Yunning qarori jamoatçilikning noroziligiga sabab böldi va parlament harbiy holatni tezda bekor qilişga muvaffaq böldi.

Boş vazir Xan Dok Su dastlab prezident vazifasini bajaruvçi böldi. Biroq 27 dekabr kuni Janubiy Koreya parlamenti Xanni ham hokimiyatdan çetlatiş uçun ovoz berdi. Uning örniga boş vazirning birinçi örinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Çxve San Mok prezident vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi. Uning sözlariga köra, siyosatining ustuvor yönalişi barqarorlikni tiklaş böladi.