Urganç — Qönğirot — Urganç yönalişi böyiça yangi poyezd qatnovi yölga qöyilmoqda. Bu haqda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi xabar berdi.

Qayd etilişiça, 20 yanvar sanasidan boşlab yölovçilarga qulaylik yaratiş maqsadida Urganç — Qönğirot — Urganç yönalişi böyiça yangi poyezd qatnovi yölga qöyilmoqda. Qatnovlar Qoraqalpoğiston böyiça amalga oşirilgan megaloyihalardan biri bölgan Amudaryo ustidan ötuvçi yangi köprik orqali amalga oşiriladi.

Poyezd qatnovi har kuni Urgançdan soat 06:00 da, Qönğirotdan soat 13:24 da harakatlanadi.

Xorazm viloyatini Qoraqalpoğiston bilan boğlovçi köprik 2024 yil fevralda foydalanişga topşirilgan edi. Köprikning uzunligi 423 metr. U bilan birga Şovot-Qoraözak bekatlarini boğlaydigan 85 kilometrlik temiryöl hamda uçta vokzal ham barpo etilgan.