Uzbekistan Airways’ning Toşkent-Jidda yönalişida parvoz qilişi lozim bölgan Boeing 787 Dreamliner samolyotida nosozlik kuzatilgan. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 2025 yil 18 yanvar kuni Jidda xalqaro aeroportida samolyotning texnik nosozligi sababli HY336 reysi (Jidda - Toşkent yönalişi) keçiktirilgan.

Aviakompaniyaning texnik mutaxassislari samolyotni tiklaş böyiça iş olib bormoqda. Parvoz jadvali haqidagi batafsil ma’lumot keyinçalik taqdim etiladi.

Yuqorida körsatilgan keçikiş sababli faqatgina 2025 yil 19 yanvar kuni HY333/334 reyslari quyidagi jadval böyiça amalga oşiriladi:

HY333 reysi:

Toşkentdan jönaş: 11:30

Dubayga yetib boriş: 14:05

Mahalliy vaqt böyiça

HY334 reysi:

Dubaydan jönaş: 15:30

Toşkentga yetib boriş: 19:40

Mahalliy vaqt böyiça

“Noqulayliklar uçun uzr söraymiz va tuşunişingizga umid qilamiz”.

Avvalroq, Uzbekistan Airways’ning 2025 yil 15 yanvar kuni Buxoro-Moskva yönalişida parvoz qilayotgan samolyotida ham nosozlik yuz bergandi. Samolyot Vnukovo aeroportiga qönayotganda uning dvigatelida nosozlik kuzatilgan. Şunga qaramasdan uçuvçilar samolyotni muvaffaqiyat bilan qöndirişgandi.