AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp öz maslahatçilariga inauguratsiyasidan keyin Xitoyga taşrif buyurişni rejalaştirayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal.
Vaziyatdan xabardor manbalarning ma’lum qilişiça, Tramp Xitoyga öz prezidentligining dastlabki 100 kuni içida borişga qiziqiş bildirgan.
WSJ’ning qayd etişiça, hozirda safar böyiça yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Tramp 20 yanvar kuni AQŞ prezidenti lavozimiga kirişadi. Marosimda XXR raisi örinbosari Xan Çjen ham iştirok etişi rejalaştirilgan.
17 yanvar kuni Tramp XXR raisi Si Jinping bilan telefon orqali muloqot qilgandi. Suhbat davomida Vaşington va Pekin yaqin vaqtlar içida birgalikda «köplab muammolarni hal etişga» kelişib olgan.
Tramp oxirgi marta Pekinga 2017 yilda, birinçi prezidentlik muddati boşlangan vaqtda borgan edi.








