Buyuk Britaniyani har 45 daqiqada bir millioner tark etmoqda, deb xabar berdi The Times gazetasi New World Wealth tahlil firmasi ma’lumotlariga tayanib. Bunga boş vazir Kir Starmer boşçiligidagi leyboristlarning soliq siyosati sabab bölmoqda.

Naşr ta’kidlaşiça, ötgan yili Buyuk Britaniyadan jami 10,8 ming millioner çiqib ketgan, bu 2023 yilga nisbatan 157 foizga köp. Şu bilan birga, rekord darajada köp millionerlarning ketişi aynan Starmer hokimiyatga kelgan iyul oyidan boşlab kuzatilgan.

Ular asosan Italiya, Şveytsariya va Birlaşgan Arab Amirliklariga ketmoqda, deyiladi xabarda.

2024 yil oktyabr oyi oxirida leyboristlar hukumati davlat moliyasini köpaytiriş va ijtimoiy xizmatlarga sarmoya kiritişni ta’minlaş maqsadida 40 milliard funt sterling (51,8 milliard AQŞ dollari) miqdorida soliqlarni oşirişni nazarda tutuvçi budjet rejasini taqdim etgandi. Buyuk Britaniya ğaznaçilik kansleri Reyçel Rivz ta’kidlaşiça, yangi hukumat avvalgi rahbariyatdan qolgan 22 milliard funt sterling (28 milliard dollar) miqdoridagi budjet kamomadini yopiş uçun soliqlarni oşirişga majbur bölmoqda.

Avvalroq Bloomberg Britaniyaning har yettinçi kompaniyasi rahbari, agar qirollikda soliqlar oşirilsa, biznesni mamlakatdan taşqariga köçiriş niyatida ekanini xabar qilgandi. Sörov natijalariga köra, leyboristlarning iqtisodga oid siyosati borasida kompaniyalar rahbarlarining 46 foizi pessimistik, 37 foizi optimistik fikr bildirgan.

Kuzda e’lon qilingan soliqlardan keyin, endi yanada köproq britaniyalik tadbirkorlar mamlakatni tark etişga tayyor, deb ta’kidladi The Times.