Donald Tramp öz yordamçilariga Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon suhbatini taşkil etişni topşirdi, uning davomida AQŞning saylangan prezidenti Putin bilan Ukrainadagi uruşni tugatiş variantlarini muhokama qiliş uçun şaxsiy uçraşuvni kelişib oliş niyatida. Bu haqda 19 yanvar, yakşanba kuni CNN manbalarga tayangan holda öz saytida ma’lum qildi. Ularning fikriça, suhbat Tramp davlat rahbari lavozimiga kirişganidan keyingi dastlabki kunlarda bölib ötişi kerak.
Saylov kampaniyasi davomida Donald Tramp prezidentlik qasamyodini qabul qilganidan keyin 24 soat içida Ukrainadagi uruşni tugatişga va’da bergan edi. Biroq, endi u bu va’dasini bajara olmaydiganga öxşaydi. Tramp va uning jamoasi Ukraina böyiça yangi prezidentlik muddatining birinçi oylarida amalga oşirilişi mumkin bölgan kelişuv loyihasi ustida işlaşni tezda boşlaşga umid qilmoqda, deb yozadi naşr.
Ukraina böyiça Tramp-Putin muloqotiga tayyorgarlik
CNN ma’lumotlariga köra, Trampning milliy xavfsizlik guruhi AQŞ saylangan prezidenti va Vladimir Putin örtasidagi qönğiroqqa bir neça hafta oldin tayyorgarlik köra boşlagan. Uşbu suhbatning sanasi kelişilganmi yoki yöqmi, hozirça ma’lum emas.
2024 yil dekabrida Putin Tramp bilan istalgan vaqtda uçraşişga tayyorligini aytgan edi. Keyinroq Rossiya prezidentining taşqi siyosat böyiça yordamçisi Yuriy Uşakov VGTRK jurnalisti Pavel Zarubin bilan suhbatda: «Odatda, hokimiyat tepasiga kelgan prezident... birinçi bölib qönğiroq qiladi», deya Amerika tomoni qönğiroq taşabbusi bilan çiqişi mumkinligini nazarda tutdi.
Serbiya va Şveytsariya allaqaçon Donald Tramp va Vladimir Putinning ehtimoliy uçraşuvi uçun joy ajratişga tayyorligini ma’lum qilgan. Trampning inauguratsiyasi 20 yanvar kuni bölib ötadi.








