Germaniyaning Vaşingtondagi elçisi Andreas Mixaelis Germaniya hukumatini AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp lavozimiga kirişganidan keyin AQŞ siyosatida yuz berişi mumkin bölgan katta özgarişlar haqida ogohlantirdi. Bu haqda dpa va Reuters axborot agentliklari 19 yanvar, yakşanba kuni maxfiy hujjatga tayanib xabar berdi.

14 yanvarda Mixaelis imzolagan va Germaniya Taşqi işlar vazirligi, federal kansler idorasi, Germaniya Içki işlar va Adliya vazirliklariga yuborilgan hujjatda Trampning Oq uyda ikkinçi muddatga saylaniş rejalari yakunida «konstitutsiyaviy tuzumni qayta körib çiqişga – Kongress va federal ştatlar zarariga prezident qölida hokimiyatning maksimal darajada töplanişiga» olib keladigan «maksimal» dastur sifatida tasvirlangan. 

«Asosiy demokratik tamoyillar, nazorat va muvozanat tizimi sezilarli darajada buziladi, qonun çiqaruvçi hokimiyat, huquqni muhofaza qiliş organlari va ommaviy axborot vositalari öz mustaqilligini yöqotadi va siyosiy vosita sifatida işlatiladi, eng yirik texnologiya kompaniyalari esa birgalikda boşqaruvga ega böladilar», — deb yozadi diplomat.

Uning qayd etişiça, sud tizimi, xususan, AQŞ Oliy sudi Trampning öz rejalarini amalga oşiriş harakatlarida markaziy örin tutadi. Mixaelis fikriça, Adliya vazirligi va Federal tergovlar byurosi ustidan nazorat respublikaçilarning ommaviy deportatsiyalar, duşman deb hisoblanganlardan qasos oliş va qonuniy immunitet kabi siyosiy va şaxsiy maqsadlariga erişişning kalitidir.

Tramp mitingda Ukrainadagi uruşni tugatişga va’da berdi

AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi uruş va Yaqin Şarqdagi tartibsizlikni töxtatişga va uçinçi jahon uruşining oldini olişga va’da berdi. Bu haqda u 19 yanvar kuni keçqurun özining inauguratsiyasi arafasida Vaşingtonda ötkazilgan mitingda ma’lum qildi.

«Amerika xalqi bizga işondi va buning evaziga biz ularga Amerika tarixida prezidentlik davridagi eng yaxşi birinçi kunni, eng ajoyib birinçi haftani va eng muvaffaqiyatli birinçi 100 kunni beramiz», dedi Donald Tramp tarafdorlariga AQŞ poytaxtida. Reuters agentligining xabar berişiça, siyosatçi prezidentlik faoliyatining dastlabki soatlaridayoq yuzga yaqin ijro farmoyişlarini imzolamoqçi.

Tramp özining birinçi taşabbuslari AQŞ çegara xavfsizligini ta’minlaş, noqonuniy muhojirlarni ommaviy deportatsiya qiliş, xilma-xillik taşabbuslarini çeklaş, 2021 yil 6 yanvarda Kapitoliyda bölib ötgan namoyiş iştirokçilarini afv etiş, tabiiy resurslar qazib olişni köpaytiriş, davlat xizmatçilarining ommaviy almaşinuvi va boşqa siyosiy masalalarga tegişli ekanligini e’lon qildi.