Maqolada Özbekiston va Birlaşgan Arab Amirliklari örtasida özaro hurmat, davlat boşqaruvini modernizatsiya qiliş hamda innovatsiyalarni joriy etişga qaratilgan hamkorlik haqida söz yuritiladi.
Naşrga köra, ikkala davlat ham raqamli transformatsiya, şaffoflik va huquqiy islohotlarga e’tibor qaratmoqda. BAA Özbekiston uçun samarali boşqaruv modeli bölib, BAAning özi Özbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim hamkor sifatida körişi ta’kidlanadi.
Muallif savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, qişloq xöjaligi va boşqa sohalarda imzolangan bitimlar hamkorlikning muhim qismi ekanligi haqida söz yuritadi. Sud tizimi va huquqni qöllaş tizimini isloh qiliş, şu jumladan elektron hujjat aylanişini joriy etiş va huquqiy tartib-taomillarni soddalaştiriş böyiça birgalikda iş olib boriş muhim yönalişlardan biri ekanligi e’tirof etiladi. "Şuningdek, Toşkent şahrida xalqaro tijorat sudini taşkil etiş masalasi muhokama qilinmoqda", - deya qöşimça qilinadi maqolada.
BAA tajribasidan foydalangan holda, jumladan, raqamli texnologiyalarni joriy etiş va byurokratik tartib-taomillarni soddalaştiriş orqali Özbekistonda davlat xizmatlarini yaxşilaşga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlanadi. Blokçeyn va sun’iy intellekt kabi yangi texnologiyalarni raqamlaştiriş va qöllaş islohotlarning asosiy jihatlariga aylanişi ham alohida e’tirof etiladi.
"Özbekiston va BAA örtasidagi şeriklik muvaffaqiyatli xalqaro hamkorlik namunasi bölib, u har ikki tomonga ham foyda keltiradi va barqaror rivojlaniş hamda institutsional islohotlarga hissa qöşadi", – deb yozadi Sahm News.








