Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirğizistonning yangi tayinlangan elçisi Duyşonkul Çotonovdan işonç yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi. Bu haqda u özining Telegram-kanaliga yozib qoldirdi.

«Şubhasiz, mamlakatlarimiz örtasidagi qardoşlik riştalari har sohada jadal rivojlanib bormoqda. Biz misli körilmagan yutuqlarga guvoh bölmoqdamiz va ikki tomonlama munosabatlarning töliq salohiyatiga erişiş uçun yanada katta marralarni reja qilmoqdamiz. Janob elçiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida omad tilaymiz», — deb yozadi TIV rahbari.

Duyşonkul Çotonov 1967 yilda Öşda tuğilgan. U ilgari Qirğizistonning Janubiy Koreya (2011−2015) va Vetnamdagi (örindoşlik asosida, 2012−2015) favqulodda va muxtor elçisi bölgan.

U «Ata Meken» partiyasidan Jogorku Keneş Qonunçilik assambleyasi deputati bölgan. 2010 yilda muvaqqat hukumatda favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajargan.

Noyabr oyida Qirğizistonning Özbekistondagi elçisi sifatida 2022 yil apreldan beri işlab kelgan Musa Jamanbayev mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgani xabar qilingandi.