Angliya: «MYu» öz tarixidagi eng yomon jamoa

«Mançester Yunayted» — «Brayton» 1:3
Gollar: Fernandeş (23, penalti) — Minte (5), Mitoma (60), Ryutter (76).
«Mançester Yunayted» – Onana, Yoro, Maguayr, de Ligt, Fernandeş, Diallo, Dalot, Maynu (Garnaço, 64), Ugarte (Kolliyer, 64), Mazraviy (Antoni, 84), Zirkze (Hoylund, 84).
«Brayton» – Verbryuggen, Estupinyan (Lempti, 84), Dank, van Hekke, Veltman, Mitoma, Ayyari, Baleba (Gomes, 90+5), Minte (Març, 69), Uelbek (Ryutter, 69), Joao Pedro (Ensiso, 90+5).
Ogohlantirişlar: Baleba (21), Minte (43), Ugarte (61), Maguayr (90+5), Març (90+8), Yoro (90+8).

«Mançester Yunayted» sönggi vaqtlarda Yevropa top-klublari orasidagi eng yomon natijalarni qayd etmoqda. Navbatdagi mağlubiyat – bu safar «Brayton»dan qabul qilib olindi, holbuki uşbu jamoa ham inqiroz holatida edi (sönggi töqqiz turda faqat bir öyinda – «Ipsviç» ustidan ğalaba qozongan).

Amorim şogirdlari öyinni öta sust boşlaşdi. Beşinçi daqiqada Baleba maydonning öz jamoasi darvozasi tomonidan turib heç qanday pressingga uçramasdan bir uzatma bilan «MYu»ning biratöla 10 nafar futbolçisini vaziyatdan uzib qöydi. Asosiy tarkibga qaytgan Maguayr orqaroqda qolib ketib, ofsayd çiziğini buzib qöydi.

Bunday uzatmadan keyin Mitoma osonlik bilan jarima maydoniga kirib bordi va töpni yanada qulayroq vaziyatda turgan Mintega taşlab berdi, u esa amalda böş darvozani işğol etdi. Şundan keyingina «MYu» uyğondi va hujumkorlikni oşirdi. Öyindagi keyingi tört zarba mezbonlar tomonidan berildi. Fernandeş yaxşi vaziyatdan foydalana olmadi, uning jarima maydoni çiziğidan yöllagan zarbasi öxşamadi.

Ammo köp ötmay Brunu penaltini benuqson amalga oşirdi – darvozabon boşqa tomonga sakradi, töp boşqa tomonga yöl oldi. «MYu» uçun 11 metrlik jarima zarbasini Zirkzeye işlagandi, jarima maydoni içida Baleba uning böynidan uşlab qoldi. Bir tomondan fol u qadar qöpol emas, ammo futbolçi töpga ham öynamagandi.

Tanaffus arafasida «Brayton» öyinni tenglaştirdi va bölim yakunlariga köra töpga egalik qiliş körsatkiçi böyiça oldinga çiqib oldi. Bu holat ikkinçi bölim boşida ham davom etdi. 53-daqiqada Joao Pedro mezbonlar darvozasini işğol qildi, ammo VAR vaziyatga aralaşib, hujum vaqtida van Hekke Dalotning oyoğiga tepgani aniqlandi. Boş hakam monitorga bordi va portugaliyalik himoyaçiga qöpollik sodir etilganini qay etib, golni bekor qildi.