AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp öz inauguratsiyasi arafasida Vaşingtondagi Capital One Arena kompleksida tarafdorlarining mitingida iştirok etib, davlat rahbari sifatidagi birinçi kunida köplab farmonlarni imzolaşga va’da berdi.
«Biz ğolibmiz!» — degan Tramp olomon hayqiriqlari ostidagi nutqi avvalida.
U yangi ma’muriyat «Vaşingtondagi muvaffaqiyatsiz isteblişment hukmronligiga barham beriş» va «Amerikani yana buyuk qiliş» niyatida ekanini aytgan.
«Ertaga tuşda Amerikaning tört yillik tanazzuli ustidan parda tortiladi va biz Amerikaning kuçli va farovonligi, qadr-qimmati va ğururi uçun mutlaqo yangi sahifani oçamiz. Bularning barçasini bir umrga qaytaramiz», — degan Tramp.
U şuningdek noqonuniy immigrantlarning Amerika çegaralariga «bosqini»ni töxtatişga, duşanba kungi inauguratsiya nutqida aniq çoralarni e’lon qilişga va’da bergan.
Ekspertlar uning millionlab nelegal migrantlarni deportatsiya qiliş va’dasi ulkan logistik qiyinçiliklarga uçraşi hamda önlab yoki yuzlab milliard dollarga tuşişi mumkinligini aytişmoqda, deb yozadi BBC.
«Amerika xalqi bizga işondi va buning evaziga biz ularga Amerika tarixida prezidentlik davridagi eng yaxşi birinçi kunni, eng ajoyib birinçi haftani va eng muvaffaqiyatli birinçi 100 kunni beramiz», dedi Donald Tramp tarafdorlariga.
Trampning sözlariga köra, duşanba kuni u amerikaliklarni «juda quvontiradigan» köplab farmonlarni imzolaşni rejalaştirgan.
«Barçasi ertadan boşlanadi. Ertaga televizorni tomoşa qiliş juda zavqli böladi», — deya va’da bergan Donald Tramp.
Duşanba kuni u 200 dan ortiq hujjatni, jumladan, ijro farmoyişlari va boşqa prezidentlik farmoyişlarini imzolaşi kutilmoqda.
«Bayden ma’muriyatining har bir radikal va ahmoqona qarori qasamyod qabul qilganimdan keyingi bir neça soat içida bekor qilinadi», — deya qöşimça qilgan Tramp.
Tramp özining birinçi taşabbuslari AQŞ çegara xavfsizligini ta’minlaş, noqonuniy muhojirlarni ommaviy deportatsiya qiliş, xilma-xillik taşabbuslarini çeklaş, 2021 yil 6 yanvarda Kapitoliyda bölib ötgan namoyiş iştirokçilarini afv etiş, tabiiy resurslar qazib olişni köpaytiriş, davlat xizmatçilarining ommaviy almaşinuvi va boşqa siyosiy masalalarga tegişli ekanini aytgan.

















