Ekologiya vazirligi ma’lum qilişiça, reyd davomida Samarqand viloyatining Narpay tumanida yaşovçi S. M. va S. S. noqonuniy baliq ovlagani uçun uşlandi.

Tekşiruv davomida qoidabuzarlar yonida 145 kgga yaqin baliq va baliq ovlaş vositalari borligi aniqlandi. Hodisa oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 487 mln sömni taşkil qilgan.

Holat yuzasidan sud organlariga taqdim etiş va qonuniy çoralar köriş uçun tegişli hujjatlar tayyorlandi.