“2025 yilda aholi bandligini ta’minlaş va kambağallikni qisqartiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Oğir toifadagi 300 ta mahallada kooperatsiya asosida 180–500 kVt quvvatga ega quyoş fotoelektr stansiyalari barpo etiladi.

2025 yil 1 apreldan 2028 yil 1 yanvarga qadar yangi taşkil etiladigan qişloq xöjaligi va dorivor ösimliklarni yetiştiriş va qayta işlaş kooperativlari uçun ijtimoiy soliq hamda ularga işga qabul qilingan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği stavkalari 1 foiz etib belgilanadi.

Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga qişloq xöjaligi kooperativlari ustav fondiga uluş sifatida kiritiş uçun BHMning 10 baravarigaça miqdorda subsidiyalar ajratiladi.

Toşkent xodimlarni boşqariş va mehnatni muhofaza qiliş kolleji negizida 2025 yil 1 dekabrgaça kreativ sohalar klasteri taşkil qilinadi.

Kasbiy könikmalar markazlarida:

▪️2025 yil 1 fevraldan iş beruvçilar buyurtmasi va tijorat banklari mijozlari ehtiyoji asosida işsiz aholini, şu jumladan, kambağal oilalar a’zolarini mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblarga manzilli öqitiş tizimi joriy etiladi;
▪️2025 yil 1 martdan aholini kasb-hunarga öqitiş va bandligini ta’minlaş jarayonlarini raqamli nazorat qiliş tizimi yölga qöyiladi;
▪️2025 yil 1 apreldan 12 ta yangi kasb yönalişlari böyiça öquv kurslari taşkil etiladi.