Fuqarolar bilan muloqotda özini taniştiriş talabi Milliy gvardiya xodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Qonunçilik palatasining ma’lum qilişiça, “Milliy gvardiya töğrisida”gi qonunga tegişli qöşimça qöşilmoqda.
Milliy gvardiya harbiy xizmatçisi (xodimi) fuqaroga murojaat etganida hamda öziga fuqaro murojaat etgan taqdirda özini taniştirişi hamda fuqaroga uning huquqlari va majburiyatlarini tuşuntirişi şart, deyiladi qonunga qöşilayotgan yangi normada.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 2017 yil 4 avgust kuni taşkil etilgan. 2020 yil 18 noyabrda qabul qilingan Milliy gvardiya töğrisidagi qonun 2021 yil 20 maydan kuçga kirgan.








