Energetika vazirligi ma’lum qilişiça, Namangan şahrida fuqaro Z.R. özining yaşaş xonadonida novvoyxona taşkil etib, tabiiy gaz tarmoğiga tijorat maqsadida özboşimçalik bilan ulangan. Hisob-kitoblarga köra, u faoliyati davomida davlat manfaatlariga 362,5 mln sömlik zarar yetkazgan.

Şuningdek, Samarqand viloyatining Tayloq tumanidagi “S.Ş“ oilaviy korxonasiga qaraşli novvoyxonada ham tabiiy gaz tarmoğiga özboşimçalik bilan ulanilgan. Oqibatda 1,3 mlrd sömlik tabiiy gaz talon-toroj qilingan.

Bundan taşqari, Past Darğom tumanida yaşovçi fuqaro A.M. ham öz xonadonida noqonuniy issiqxona taşkil qilib, tabiiy gaz tarmoğiga yaşirinça ulangan. Natijada davlat manfaatlariga 462,7 mln sömlik zarar yetkazgan.

Hozirgi vaqtda mazkur holatlar böyiça tegişli idoralar tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.