Uçraşuvda mehnat migratsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Vazir mehnat migratsiya sohasidagi sönggi qonunçilik özgarişlari haqida ma’lumot berib, mehnat muhojirlari uçun ruxsat oliş jarayonlari, iş beruvçilar uçun çet elda salohiyatli işçilarni izlaş imkoniyatlari va tomonlar örtasida mehnat şartnomasini tuziş böyiça yanada soddalaştirilganligiga e’tibor qaratdi.

Şuningdek, Svetlana Jakupova uşbu sohadagi ikki tomonlama hamkorlik masalalariga töxtalib ötdi, konstruktiv va özaro manfaatli hamkorlikni davom ettirişga tayyorligini bildirib, Özbekiston tomonidan bildirilgan barça taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşini ma’lum qildi.

Suhbat davomida Özbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyati bilan yanvar oyida videokonferensiya şaklida muzokaralar taşkil etişga kelişib olindi.

Tomonlar mehnat migratsiyasi masalasi böyiça ikki tomonlama bitim imzolanişini puxta işlab çiqiş, Özbekiston va Qozoğiston örtasida mehnat migratsiyasi böyiça birinçi işçi guruh yiğilişini ötkaziş hamda fevral oyida Özbekistonning tegişli vazirlik va idoralari delegatsiyasining Qozoğistonga taşrifini taşkil etiş masalalarini muhokama qildilar.

Yakunda xususiy taşuv sohasida band bölgan Özbekiston fuqarolari uçun huquqiy şart-şaroitlar va ijtimoiy kafolatlarni yaratiş böyiça kelişuvga erişildi.