Muloqot davomida suhbatdoşlarga davlat rahbari tomonidan soğliqni saqlaş sohasini tubdan isloh qiliş va xalqaro tajriba asosida takomillaştiriş böyiça olib borilayotgan sa’y-harakatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, sönggi yillarda Fransiya bilan soğliqni saqlaş sohasida hamkorlik ança faollaşgani va uşbu yönalişda yangi loyihalarni işlab çiqiş zarurligi ta’kidlandi.

Parij Milliy tibbiyot akademiyasi prezidenti Özbekiston bilan pediatriya, ginekologiya, gematologiya, onkologiya, kardiologiya, endokrinologiya, oftalmologiya va boşqa sohalarni takomillaştiriş borasida hamkorlikni rivojlantirişga tayyorligini ma’lum qildi.

Fransiya tomoni Akademiya köplab mamlakatlar bilan fransuz professorlari, doktorlari va olimlari iştirokida vebinarlarni faol ravişda taşkil etayotganini ma’lum qildi hamda uşbu masala yuzasidan Özbekistonning tibbiyot muassasalari, xususan, Toşkent tibbiyot akademiyasi bilan yaqin hamkorlik örnatişga tayyorligini bildirdi.

Suhbat yakunida, Jan-Noel Fissinger 2025 yilning aprel-may oylarida Özbekistonda birinçi özbek-fransuz tibbiyot forumini taşkil etiş böyiça amaliy kömak berişi va unda faol iştirok etişini ta’kidlab ötdi.