AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uydagi birinçi kunida saylovoldi va’dalarini bajaruvçi 100 ga yaqin farmonni imzoladi. Taqqoslaş uçun, Jo Bayden lavozimga kirişganidan keyin 17 ta hujjatni imzolaş bilan çeklangandi.
Masalan, noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraş doirasida Tramp AQŞning janubiy çegarasida favqulodda holat e’lon qildi, bu noqonuniy muhojirlarni ommaviy deportatsiya qilişga yordam beradi. U, şuningdek, huquq-tartibot idoralari migrantlarni immigratsiya böyiça sud majlislarini kutayotgan paytda qöyib yuboradigan catch and release («qölga oliş va qöyib yuboriş») amaliyotini töxtatdi. Trampning farmonlari qoçqinlarni joylaştiriş dasturlarini töxtatib qöydi va migrant bolalarning Qöşma Ştatlardagi tuğiliş huquqi asosida AQŞ fuqaroligini olişini bekor qildi.
Qöşma Ştatlarning energetika sektorini rivojlantiriş uçun respublikaçi neft va gaz kabi tabiiy resurslarni qazib oliş va işlab çiqarişni «maksimallaştiriş» va tegişli loyihalarni tasdiqlaşni tezlaştirişni buyurdi. U global isişni çeklovçi Parij iqlim kelişuvidan çiqiş jarayonini boşladi va Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Iqlim özgarişi böyiça doiraviy konvensiyasi doirasida AQŞning barça moliyaviy majburiyatlarini tugatiş töğrisidagi buyruqni imzoladi.
Kapitoliyga hujum qilganlar afv etildi
Bundan taşqari, Donald Tramp 2021 yil 6 yanvarda Kapitoliyga bostirib kirişda qatnaşgan 1000 dan ortiq kişiga nisbatan qamoq jazolarini qisqartirdi va jinoiy işlarni yopişni buyurdi, Vaşingtonning rasmiy siyosati sifatida faqat ikki jins — ayol va erkakni tan oliş haqida körsatma berdi, federal darajada ölim jazosining tiklanişi va AQŞning Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) tarkibidan çiqişi haqida hujjat imzoladi.
Tramp öz inauguratsiyasida bir qator radikal taşabbuslarni e’lon qildi
AQŞning yangi prezidenti Donald Tramp özining inauguratsiyasini mamlakat uçun tarixiy buriliş nuqtasi deb atadi. 2025 yilning 20 yanvari Qöşma Ştatlar fuqarolari uçun «ozodlik kuni» böladi, dedi u duşanba kuni Vaşingtondagi Kapitoliyda qasamyod qilganidan söng özining inauguratsion nutqida.
Prezident sifatida qasamyod keltirganidan söng xalqqa murojaat qilgan Tramp tajovuzkor ohangda böldi va bir qator keng qamrovli taşqi va içki siyosat taşabbuslarini e’lon qildi. U energetika sohasida favqulodda holat e’lon qilişga va’da berdi, bu qazib olinadigan yoqilğini köpaytiriş imkonini beradi. «Biz yana boy davlatga aylanamiz, bunda oyoğimiz ostidagi suyuq oltin yordam beradi», — dedi u.









