20 yanvar, duşanba kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy özining Telegram-kanalida ukrainalik tergovçilarning Rossiyaning Kursk oblastida qölga olingan şimoliy koreyalik harbiy xizmatçini söroq qilayotgani tasvirlangan videoni joylaştirdi.

«Asirga olingan Şimoliy Koreya askarlari va SBU tergovçilari örtasidagi muloqot davom etmoqda. Bunday askarlarning Rossiya hududiga köçib ötişi, ularning tayyorgarligi va töliq axborot izolyatsiyasi haqidagi razvedka ma’lumotlari asirlarning sözlari bilan tasdiqlanadi», — deyiladi post tagida.

Videoda körsatilgan yigit Ukraina razvedkasi xodimlari bilan tarjimon orqali muloqot qilib, koreys tilida gapiradi. Uşbu video qayerda va qaçon yozib olingani körsatilmagan.

«Ba’zi Şimoliy Koreya askarlari Rossiyaning oğir qurollaridan foydalanişga örgatilgan, biroq men özim bunday tayyorgarlikdan ötmaganman», deydi u. Erkak razvedka batalonida xizmat qilganini aytadi. Tergovçining ularni Rossiyaga yetkazgan kemada qança şimoliy koreyalik askarlar bölgani haqidagi savoliga javob berar ekan, u şunday deydi: «Yuzdan ortiq». Uning sözlariga köra, gap harbiy kema haqida emas, balki Rossiya yuk kemasi haqida ketmoqda. Koreysning bayonotiga köra, u Rossiyaga kelganidan keyin vatandoşlari bilan poyezdda safarni davom ettirgan.

Söroq qilingan şaxs Rossiyaga uruşda qatnaşiş uçun ketayotganini bilmaganini aytdi. Qolaversa, u kimga qarşi kuraşayotganini bilmagan. Yigitning sözlariga köra, u maktabdan söng töğridan töğri, 17 yoşida armiyaga qöşilgan va Şimoliy Koreyadan taşqaridagi dunyo haqida juda kam narsa bilgan.

ISW: Ukraina tez orada Kursk oblastida KXDR harbiylarini yöq qilib taşlaydi

Şimoliy Koreya aprel oyi örtalariga qadar Kursk oblastida Rossiya tomonidagi janglarda butun harbiy kontingentini yöqotişi mumkin, deb xabar berdi Amerika uruşni örganiş instituti (ISW) 16 yanvar kuni Ukraina va Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga tayanib.

Janubiy Koreya va Pentagon razvedka ma’lumotlariga köra, Pxenyan oktyabr oyida Kursk oblastiga 10-12 ming askar yuborgan va bir oy ötib ular Ukraina Qurolli kuçlari bilan ilk janglarini boşlagan. Yanvar oyi boşiga kelib, Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga köra, Şimoliy Koreyaning 300 askari halok bölgan, yana 2700 nafari yaralangan.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bundan ham köproq — 3800 askar halok bölgani yoki yaralanganini bildirdi. Şunday qilib, ISW tahlilçilarining hisob-kitoblariga köra, şimoliy koreyaliklar kuniga 92 kişini yöqotişi mumkin. Bu butun guruh yana 12 haftaga yetişini anglatadi. Yaralangan Şimoliy Koreya askarlarining frontga qaytiş-qaytmasligi noma’lum.