Prezident Şavkat Mirziyoyev 22 yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanişdi.

Qayd qilinişiça, bu yil mingdan ortiq ta’lim dasturi «TOP-300» universitet dasturlari asosida takomillaştiriladi. 45 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziladi. Oliygohlarda Registrator ofisi xizmatlari bilan talabalar töliq qamrab olinadi. Dual ta’limga yana 50 ming talaba jalb qilinadi.

Oliy ta’limda ilmiy salohiyatni 55 foizga çiqariş, xorijda 5 ming nafar pedagog malakasini oşiriş rejalaştirilgan. Ilğor muhandislik maktablarini 25 taga yetkazib, sanoat korxonalari bilan loyihalar qiymatini 10 barobar oşiriş maqsad qilingan.

Taqdimotda mutasaddilar şu borada amalga oşiriladigan işlar haqida axborot berdi.

Oliy ta’limga qabul jarayonida «avval test, keyin tanlov» tamoyiliga ötildi. Davlat granti talabalarning iqtidoriga qarab ajratiladigan böldi. Moliyaviy mustaqillik berilgan 40 ta oliygohda Registrator ofisi taşkil qilindi. Natijada dekanat va bölimlarda ştatlar 20 foizga qisqarib, 30 ta xizmat turi raqamlaşdi. Uşbu tajribadan kelib çiqib, şunday ofislarni boşqa oliy öquv yurtlarida ham oçiş, ta’lim va ilm-fan xizmatlarini qamrab olgan yagona raqamli tizim joriy etiş böyiça körsatmalar berildi.

Amaliyot bilan uyğunlikni kuçaytiriş maqsadida dual ta’lim yölga qöyilmoqda. Hozir 15 ming talaba 957 ta korxonaga biriktirilgan. Lekin korxonalarda bunga qiziqiş kam. Şu bois dual ta’limda iştirok etayotgan korxonalarni rağbatlantiriş böyiça takliflar bildirildi.

Davlat rahbari har bir hududda texnika oliygohi va ilğor muhandislik maktabi taşkil qiliş vazifasini qöygan edi. Hozirgaça Termiz, Andijon va Qarşida texnika universitetlari taşkil etildi. Şuningdek, 8 ta muhandislik maktabi oçildi.

Yiğilişda Nukus, Buxoro, Farğona va Namangan texnika universitetlarini taşkil etiş loyihalari taqdimot qilindi. Unga köra, yangi yönalişlar oçilib, xorijiy dasturlar tatbiq qilinadi, talabalarning ilmiy-innovatsion jarayonlarda iştiroki kengaytiriladi, oliygohlarga sanoat hamkorlari biriktiriladi.

Umuman, bu yönalişdagi 35 ta muassasani yiriklaştiriş hisobiga, 22 ta texnika universiteti taşkil qilinadi. Şu yil oxirigaça yana 17 ta muhandislik maktabi oçiladi.