Uşbu yetakçi xorijiy moliya instituti bilan amaliy hamkorlikni kengaytiriş va qöşma taşabbuslarni ilgari suriş masalalari körib çiqildi.
Mamlakat yetakçisi JICA rahbarining bu galgi taşrifi iqtisodiy va moliyaviy-texnik sohalardagi hamkorlikning yangi bosqiçini boşlab berişini qayd etdi. Agentlikning Yangi Özbekistonni barpo etiş borasidagi islohotlarni qöllab-quvvatlaşda strategik hamkor sifatidagi örni qayd etildi.

Bugungi kunda energetika, transport, qişloq va suv xöjaligi, soğliqni saqlaş, ta’lim va boşqa yönalişlardagi qöşma loyihalar portfeli 8 milliard dollardan ziyodni taşkil etmoqda. Ötgan yili hamkorlik böyiça uç yillik dastur qabul qilingan edi.
Özbekiston-Yaponiya inson resurslarini rivojlantiriş markazi va Yoşlar innovatsiya markazi samarali faoliyat yuritmoqda.
Agentlik orqali 2,5 mingdan ortiq özbekistonlik mutaxassis Yaponiyada öqidi va amaliyot ötadi. Uşbu mamlakatdan kelgan köngillilar Özbekistonda muhim ijtimoiy va gumanitar loyihalarni amalga oşirişga hissa qöşmoqda.

Bundan taşqari, kuni keça Toşkent şahrida Respublika ixtisoslaştirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazini quriş va jihozlaş töğrisida bitim imzolandi.
Özbekiston prezidenti JICAning mamlakatdagi faoliyatini kengaytiriş borasidagi rejalarini qöllab-quvvatladi.
Xususiy sektor loyihalarini amalga oşiriş, yaponiyalik investorlar uçun maxsus iqtisodiy zona taşkil etiş, Yaponiya universitetini oçiş, şuningdek, professional ta’lim sohasida hamkorlik qiliş muhimligi qayd etildi.
"Yöl xaritasi" asosida joriy va istiqbolli loyihalarni ilgari surişning yangi mexanizmlarini tatbiq etişga kelişib olindi.









