Prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi elçisi Toyvo Klaar bilan uçraşdi.
Muloqot davomida joriy yilning aprel oyida Samarqandda bölib ötadigan «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» sammitiga körilayotgan ikki tomonlama tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
"Janob Klaar ayollarning huquqiy himoyasi va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni qat’iy qöllab-quvvatlaşini bildirdi", deydi Saida Mirziyoyeva.

Şuningdek, Toyvo Klaar Özbekiston özining boy tarixini asrab-avaylaşini e’tirof etib, bu doimo ğurur va milliy özlikni mustahkamlaşga xizmat qilişi kerakligini ta’kidladi.








