AQŞ prezidenti Donald Tramp 21 yanvar, seşanba kuni AQŞda sun’iy intellekt (SI) infratuzilmasini rivojlantirişga 500 milliard dollargaça (479,6 milliard yevro) sarmoya kiritişni maqsad qilgan Stargate loyihasi işga tuşirilganini e’lon qildi. Loyihani yirik sun’iy intellekt işlab çiqaruvçisi OpenAI, Yaponiyaning SoftBank konserni hamda dasturiy va texnik vositalar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Amerikaning Oracle kompaniyasi amalga oşiradi. Hamkorlar orasida Microsoft, MGX, Arm va NVIDIA ham bor.

Stargate rahbarlari bilan bir qatorda sözga çiqqan Donald Tramp loyiha «deyarli zudlik bilan» 100 000 iş örni yaratişiga va Qöşma Ştatlarning «texnologik kelajagi»ni ta’minlaşiga va’da berdi. «Uşbu monumental taşabbus Amerikaning yangi prezident davridagi salohiyatiga işonçning yorqin deklaratsiyasidir», dedi Tramp. Loyiha Texasning Abilin şahrida ma’lumotlar markazi qurilişi bilan boşlanadi.

Avvalroq Oq uyning yangi rahbari özidan oldingi prezident Jo Baydenning sun’iy intellektni tartibga soliş haqidagi farmonini bekor qilgandi. Bekor qilingan qoidalarga köra, OpenAI va Google kabi yirik kompaniyalar xavfsizlik ma’lumotlari va boşqa maxfiy ma’lumotlarni federal organlarga topşirişlari kerak edi. Yirik texnologiya kompaniyalari taşabbusni qöllab-quvvatladi, biroq kiçikroq SI kompaniyalari – köpçiligi Donald Trampni qöllab-quvvatlayapti – bunga qarşi çiqdi.