AQŞ yangi prezidenti Donald Trampga qarşi sudga bir neça da’vo arizasi berildi. Bu uning birinçi iş kunidayoq yuz berdi va kamida 3 ta da’vo arizasi mavjud, deb yozdi Bloomberg.

Da’volardan biri 20 yanvar kuni 37 ta federal agentlik va idora xodimlarini ifodalovçi Milliy ğaznaçilik xodimlari kasaba uyuşmasi (National Treasury Employees Union) tomonidan qözğatilgan. Bu Tramp tomonidan imzolangan yuqori martabali federal xodimlarni işdan böşatiş tartibini soddalaştirişni nazarda tutuvçi buyruq bilan boğliq. Iş Vaşingtondagi federal sudda körib çiqiladi.

Da’vogarlarning ta’kidlaşiça, prezidentning harakatlari qonunçilik maqsadiga zid, çunki Kongress federal kadr xodimlari uçun «munosib yuridik jarayon huquqini» örnatgan.

«Tramp buyruği apellyatsiya huquqisiz işdan böşatilişi mumkin bölgan xodimlarning yangi toifasini yaratiş orqali davlat xizmatini tubdan özgartiradi», deyiladi da’vo arizasida.

Yana bir da’vo bir neça inson huquqlari taşkilotlari tomonidan Nyu Hempşir federal sudiga kiritilgan. Ular Tramp ma’muriyatining noqonuniy migrantlarning AQŞ hududida tuğilgan bolalariga fuqarolik berişni rad etiş haqidagi qaroriga qarşi çiqişdi. Arizada bu qaror Konstitutsiyaga 14-tuzatiş va boşqa qonunlarga zid ekani ta’kidlanadi.

«Tuğiliş huquqi asosida fuqarolik berişning mohiyati şundaki, AQŞda tuğilgan har bir bola jamiyatning tölaqonli a’zosi bölib hayot boşlaşi kafolatlangan», — deyiladi arizada.

Javobgar sifatida Donald Tramp, Içki xavfsizlik vazirligi, Davlat departamenti va boşqa taşkilotlar körsatilgan. Endi bu masala Oliy sud muhokamasiga çiqişi kutilmoqda.

1868 yilda konstitutsiyaga 14-tuzatiş bilan ratifikatsiya qilingan tamoyilga köra, ota-onasining kimligi va maqomidan qat’i nazar AQŞ hududida tuğilgan har bir bola fuqarolik oliş huquqiga ega. 1898 yilda Oliy sud mazkur huquq migrantlarning farzandlariga ham tegişli ekanligini tasdiqlagan.

Uçinçi da’vo National Security Counselors yuridik firmasi tomonidan tayyorlangan bölib, unda tadbirkor Ilon Mask va respublikaçi Vivek Ramasvami boşçiligida AQŞ Hukumat Samaradorlik Departamentining (DOGE) taşkil etilişi 1972 yilda qabul qilingan AQŞ qonunini buzgani da’vo qilingan. Qonun ma’lum ma’lumotlarni oşkor qiliş, işga yollaş talablari va boşqa amaliyotlarga rioya qilişni talab etadi.

Donald Trampning inauguratsiya marosimi 20 yanvar kuni bölib ötdi. Lavozimga kirişganidan keyin u 200 ga yaqin buyruqni imzoladi, jumladan oldingi prezident Jo Bayden tomonidan imzolangan 78 ta buyruq va memorandumni bekor qildi. Tramp, şuningdek, avvalgi ma’muriyat tomonidan tayinlangan mingdan ortiq odamni işdan böşatiş niyatida ekanini ma’lum qildi.