Turkiya şimoli-ğarbidagi Kartalkaya toğ-çanği kurortidagi mehmonxonada sodir bölgan yonğin oqibatida halok bölganlar soni 76 kişiga yetdi, 52 kişining şaxsi aniqlangan, dedi Turkiya içki işlar vaziri Ali Yerlikaya 21 yanvar, seşanba kuni keçki payt.

Avvalroq 66 kişi halok bölgani, 51 kişi jarohatlangani xabar qilingan edi. Yonğin 12 qavatli yoğoç binoning törtinçi qavatida boşlangan. Yonğin sodir bölgan paytda Bolu viloyatidagi Grand Kartal mehmonxonasida jami 238 nafar mehmon istiqomat qilgan, dedi vazir.

Yonğin boşlanganidan keyin ba’zi mehmonlar mehmonxona oynasidan sakragan, kamida ikki kişi halok bölgan. Boşqalar esa boğlangan çoyşab va adyol yordamida yerga tuşişga harakat qilişdi. Yonğin joyiga önlab öt öçiriş maşinasi va 38 ta tez tibbiy yordam maşinasi jönatildi. Mehmonxonaning toğ yonbağrida joylaşgani qutqaruv işlarini qiyinlaştirgan.

Mehmonxona egasi qölga olindi

Yonğin 10 soatdan keyin öçirilgan. Yonğinni öçirişda 200 dan ortiq kişi iştirok etdi. Bolu viloyati gubernatori Abdulaliz Aydinning aytişiça, yonğin deyarli nazorat ostida. Uning sözlariga köra, yonğin kelib çiqiş sabablari hozirça aniq emas.

Fojia sabablarini aniqlaş böyiça suriştiruv işlari boşlab yuborilgan va buning uçun olti nafar prokuror tayinlangan. Töqqiz kişi, jumladan mehmonxona xöjayini qölga olindi, deb xabar berdi IIV rahbari. Ular nimada ayblanayotgani hozirça noma’lum. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 22 yanvarni milliy motam kuni deb e’lon qildi.

Maşhur Kartalkaya toğ-çanği kurorti Köröğli toğlarida, Istanbuldan 270 kilometr uzoqlikda joylaşgan. Ta’kidlaganidek, ayni paytda Turkiyada maktab ta’tillari davom etmoqda.