Yahudiy köçkindilarga bekor bölgan sanksiya, sudga berilgan Tramp va Turkiyadagi fojiali yonğin - kun dayjesti
|19:26 / 22.01.20257 2039 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.
Ğazodagi vaziyat
Ğazoda otaşkesim rejimi e’lon qilinganiga qaramasdan, Isroil harbiylari va noqonuniy köçkindilar falastinliklarga nisbatan zöravonlik harakatlarini davom ettirgan.
Isroillik snayper Rafahda bir bolani otib öldirdi. Uşbu hodisa otaşkesim haqidagi kelişuv amal qilgan vaqtda sodir bölgan. Snayper bolaning jasadini yöldan olib çiqmoqçi bölgan fuqarolarga ham qarata öt oçilgan. Bu voqea Isroil 90 nafar falastinlik mahbuslarni ozod qilganidan bir kun ötib sodir böldi.
Şuningdek, Ğarbiy sohildagi Sabastiya qişloğida 15 yoşli ösmir öldirildi, Sinjilda 6 kişi yaralandi. Funduk qişloğida esa yahudiy köçkindilari falastinliklarning uylari va maşinalarini yoqib yuborişdi.
Ğarbiy sohilning şarqiy Qalqiyliya hududida Isroil armiyasi reyd uyuştirib, kamida 64 falastinlikni qölga oldi.
Ğarbiy sohilda vaziyat murakkablaşadi
AQŞ prezidenti Donald Tramp Falastinning Ğarbiy sohil qismidagi noqonuniy manzilgohlar qurgan yahudiy köçkindilari va falastinliklarga nisbatan zöravonlikda ayblangan guruhlarga qarşi Bayden tomonidan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qildi.
Uşbu qaror xalqaro hamjamiyat va falastinliklar tomonidan keskin tanqid qilinmoqda. Endi bezbet köçkindilar falastinliklarga nisbatan zulmini yanada kuçaytiradi.
Baydenning farmonini bekor qiliş orqali Tramp köçkindilarning AQŞdagi aktivlarini muzlatiş va ular bilan savdo qilişni taqiqlovçi çeklovlarni ham töxtatdi. Bayden mazkur çoralar bilan tinçlik va barqarorlikka tahdidlarni kamaytirişga harakat qilgan edi. Trampning bu qarori endi radikal köçkindilarga yanada erkin harakat qiliş imkonini beradi.
Yahudiy köçkindilari orasida «HaŞomer Yoş» guruhi alohida ajralib turadi. U 2024 yilda Hirbet Zanuta qişloğidan 250 falastinlikni quvib çiqargan.
Tramp xorijga yordamni 90 kunga töxtatdi
Lavozimga kirişgan AQŞ prezidenti Donald Tramp xorijiy davlatlarga yordam körsatişni vaqtinçalik töxtatiş töğrisidagi farmonni imzoladi. Mazkur qaror 90 kunlik audit ötkaziş va yordam dasturlarining yangi ma’muriyat siyosiy maqsadlariga mosligini baholaş uçun qabul qilingan.
Mavzuga oid
«AQŞda heç qanday xorijiy yordam endi mening taşqi siyosatimga töliq mos kelmaydigan tarzda taqdim etilmaydi», — dedi Tramp öz bayonotida.
Ma’lumotlarga köra, AQŞ taşqi yordami davlat budjeti xarajatlarining 1 foizidan kamroğini taşkil qiladi, ammo ayrim holatlarda bundan istisnolar ham mavjud. Masalan, Ukrainaga yordam sifatida Rossiya bilan uruş boşlanganidan buyon qariyb 66 milliard dollar ajratilgan.
Şuningdek, Isroil, Misr va Iordaniya kabi davlatlar AQŞ yordam oluvçilari orasida yirik örin tutadi.
Tramp ilk kundan sudga berildi
20 yanvar kuni inson huquqlari taşkilotlari AQŞ prezidenti Donald Trampga qarşi Nyu Hempşir federal sudiga da’vo arizasi kiritişdi. Ular Tramp ma’muriyatining noqonuniy migrantlarning AQŞ hududida tuğilgan bolalariga fuqarolik berişni rad etiş haqidagi qaroriga qarşi çiqişdi.
Arizada bu qaror Konstitutsiyaga 14-tuzatiş va boşqa qonunlarga zid ekani ta’kidlanadi.
«Tuğiliş huquqi asosida fuqarolik berişning mohiyati şundaki, AQŞda tuğilgan har bir bola jamiyatning tölaqonli a’zosi bölib hayot boşlaşi kafolatlangan», — deyiladi arizada.
Javobgar sifatida Donald Tramp, Içki xavfsizlik vazirligi, Davlat departamenti va boşqa taşkilotlar körsatilgan. Endi bu masala Oliy sud muhokamasiga çiqişi kutilmoqda.
1868 yilda konstitutsiyaga 14-tuzatiş bilan ratifikatsiya qilingan tamoyilga köra, ota-onasining kimligi va maqomidan qat’i nazar AQŞda tuğilgan har bir bola fuqarolik oliş huquqiga ega. 1898 yilda Oliy sud mazkur huquq muhojirlar farzandlariga ham tegişli ekanligini tasdiqlagan. Öşandan buyon özgarmay kelayotgan qoidani Tramp özgartirmoqçi.
Zelenskiy kafolat söramoqda
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida sözlab, xavfsizlik kafolatlari Ukraina uçun neçoğlik ahamiyatli ekanini ta’kidladi. Uning fikriça, agar Ukraina kuçli xavfsizlik kafolatlarini olmasa, Putin Rossiya armiyasini yanada kuçaytirib, yangi hujum uyuştirişi mumkin.
Zelenskiy 2022 yil boşidagi vaziyat bilan hozirgi ahvolni taqqoslab, Rossiya qöşinlari soni uç baravarga oşganini ta’kidladi. Ayni vaqtda 608 ming rus askari Ukraina hududida joylaşgan.
«2022 yilda AQŞ kömagi barça yordamning 90 foizini taşkil etgan bölsa, hozir bu körsatkiç 40 foizga tuşgan, qolgan yordam Yevropa va Ukraina mahalliy işlab çiqarişidan kelmoqda», dedi Zelenskiy.
Ammo bu ösiş Rossiyaning harbiy işlab çiqariş salohiyatini quvib yetolmayotganini qayd etdi.
Zelenskiy Putinning keyingi hujumlari NATOga a’zo mamlakatlarga, ayniqsa, Boltiqböyi davlatlariga qaratilişi mumkinligini urğuladi. Rossiya prezidenti sovet ittifoqi tarkibida bölgan barça mamlakatlarni qayta öz nazoratiga olişga intilayotganini bildirdi.
«Ukrainadagi uruş tugatilişi kerak»
AQŞning yangi davlat kotibi Marko Rubio, prezident Trampning siyosatini şarhlay turib Ukrainadagi uruşni tugatiş rasmiy siyosatga aylanganini ta’kidladi.
«Prezident bergan va’da – bu biz uçun ustuvor vazifa. Ukrainadagi uruş tugatilişi kerak – bu AQŞning rasmiy siyosati», dedi Rubio. Uruş Rossiya tomonidan boşlanganini qayd etgan Rubio, uni hozirda töxtovsiz davom etayotgan, qonli va vayronkor töqnaşuv sifatida baholadi.
«Ukraina eng katta tölovni tölayapti: energetik infratuzilmasi vayron böldi, millionlab fuqarolari vatanini tark etib, boşqa davlatlarda yaşaşga majbur. Bu uruş barça uçun oğir, ammo Ukraina eng katta ziyon köryapti», — dedi u.
Rubio AQŞning asosiy maqsadi uruşning qayta boşlanmasligi uçun töliq va uzoq muddatli tinçlikka erişiş ekanligini ta’kidladi.
«Biz dunyodagi muhim muammolarni hal qilişga qaratilgan köplab vazifalarga egamiz. Ammo Donald Trampning qayta saylanişi bizning tinçlik yölidagi harakatlarga umid bağişlaydi. Uruşlarni tugatiş va dunyoda tinçlik örnatiş uçun faoliyat yuritamiz», — dedi Rubio.
Sanksiyaga uçragan Rossiya neft eksporti
Jo Bayden ma’muriyatining ketişidan oldin joriy etgan sanksiyalari Rossiyaning dengiz orqali neft yetkazib beriş hajmini 2023 yil oxiri—2024 yil boşidan beri eng past darajaga tuşirdi.
Bloomberg ma’lumotlariga köra, 13 yanvardan 19 yanvargaça bölgan haftada Rossiya sutkasiga 2,75 mln barrel neft eksport qilgan. Bu körsatkiç ötgan haftaga nisbatan 9 foizga kamaygan. Tört haftalik örtaça körsatkiçlar ham 16 oylik minimumga tuşganini körsatdi.
2025 yilning ilk uç haftasida örtaça kunlik neft eksport hajmi ötgan yildagi örtaça körsatkiçdan 10 foizga kamaygan.
Jo Bayden ma’muriyati joriy qilgan yangi neft sanksiyalari Rossiya budjetiga jiddiy zarar yetkazişi mumkin. Germaniyaning xalqaro xavfsizlik masalalari instituti tahlilçisi Yanis Klyugega köra, Rossiya iqtisodiyoti valuta tuşumining 10-20 foizini yöqotişi mumkin. Bu 2025 yilda neft sotuvidan 10-20 mlrd dollar yöqotilişni anglatadi.
Klyuge hisob-kitobiga köra, uşbu sanksiyalar Rossiya YaIMning 1 foizigaça zarar keltirişi mumkin. Bu 2 trillion rubl yoki 2025 yil uçun prognoz qilingan neft-gaz daromadlarining 18 foizini taşkil etadi.
Baydenning «xayrlaşuv» sanksiyalari nafaqat neft va tankerlar, balki Rossiyaning asosiy neftni qayta işlaş zavodlari, «Şarqiy Neft» va «Baltika SPG» loyihalariga, 30 ta neft servis kompaniyasi va 6 top-menejerni ham öz ta’sir doirasiga olgan.
Turkiyadagi kurortda yonğin
Seşanbaga ötar keçasi Turkiyaning Bolu viloyatidagi Qartalqoya toğ-çanği kurortidagi Grand Kartal mehmonxonasida röy bergan yonğin oqibatida halok bölganlar soni 66 kişiga yetgan. 51 kişi turli jarohatlar olgan. Jabrlanganlar orasida oğir ahvolda bölgan insonlar bor.
Turkiyada bugun halok bölganlar xotirasiga motam kuni e’lon qilindi.
Mehmonxonada yonğin mahalliy vaqt bilan soat 03:27 da boşlangan. Ayni paytda Turkiyada maktablar ta’tilda bölgani sababli kurortda odamlar köp bölgan. Şu kuni mehmonxonada 234 kişi töxtagan.
Yoğoçdan qurilgan mehmonxonada olov tez tarqalgan va butun binoga yoyilgan. Yonğinni öçiriş işlariga 200 dan ortiq qutqaruvçi jalb qilingan. Ammo mehmonxona uzoqda joylaşgani sababli öt öçiruvçilar qiyin ob-havo şaroitlarida voqea joyiga yetib boriş uçun bir soatdan ortiq vaqt sarflagan.
Turkiya hukumati 22 yanvarni milliy motam kuni deb e’lon qildi. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga fojia munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Özbekistonning Anqaradagi elçixonasi ma’lum qilişiça, qurbonlar orasida Özbekiston fuqarolari yöq.