Ğarbiy sohildagi qotilliklar, Isroil harbiylari iste’fosi va NATOdan madad kutayotgan Zelenskiy - kun dayjesti
|17:28 / 23.01.20254 8339 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.
Falastindagi vaziyat
Ğazoda tinçlik hukmron bölgan bir paytda Isroil harbiylari Ğarbiy sohildagi Sebastiya şahrida 14 yoşli falastinlik öspirin Ahmad Jazarni otib öldirdi. Jazar döstlari bilan birga turganida 600 metr masofadan snayper öqining nişoniga aylandi. Halok bölgan öspiringa yordam berişga uringan döstlari ham öqqa tutilgan.
Bu voqea HAMAS va Isroil örtasida otişmalarni töxtatiş kelişuvi kuçga kirganidan ikki kun ötib sodir böldi. Birgina 21 yanvar kuni Ğarbiy sohildagi reydlarda 10 nafar falastinlik öldirildi.
Sulh kelişuvi kuçga kirganiga qaramay, Isroil Jyeniyn şahrida keng kölamli harbiy operatsiya ötkazdi. Operatsiya davomida 9 falastinlik halok böldi, 60 dan ortiq kişi hibsga olindi. Infratuzilmalar buzildi, fuqarolarning mol-mulkiga ziyon yetkazildi.
Falastin Soğliqni saqlaş vazirligiga köra, 2024 yil davomida Isroil kuçlari Ördun daryosining ğarbiy sohilida 93 falastinlik bolani öldirgan, ularning aksari öqotar quroldan halok bölgan.
Otaşkesim kelişuvidan söng Ğazoda Isroil harbiylari tomonidan qöriqlangan hududlarda qurbonlarni izlaş işlari boşlandi. Bir kun içida 66 ta jasad topildi. Ikki kuni içida bu raqam 120 taga yetdi.
Qayd etilişiça, 15 oylik otişmalar va bombalaşlar mobaynida 11 mingdan ortiq falastinlik bedarak yöqolgan. Ulardan biron bir xabar kutayotgan qarindoşlari izlaş işlari joylariga yiğilmoqda.
Isroil armiyasi rahbarlari iste’fo berdi
Isroil Boş ştabi boşliği Hersi Halevi 7 oktyabrdagi HAMAS hujumlarini töxtata olmaganini tan olib, 2024 yil 6 mart kuni iste’foga çiqiş niyatini ma’lum qildi. Uning vakolatlari rejalaştirilganidan 10 oy oldin yakunlanadi. Halevi ikki yil-u ikki oy armiyaga rahbarlik qildi.
Halevi ortidan Janubiy okrug qömondoni Yaron Finkelman ham iste’foga çiqişini e’lon qildi. U Ğazo sektorini himoya qilişda muvaffaqiyatsizlikka uçraganini ta’kidlab: «Bu muvaffaqiyatsizlik umrbod xotiramda qoladi», — deb bayonot berdi.
Mavzuga oid
Iste’folar Isroil va HAMAS örtasidagi otişmalarni töxtatiş va asirlarni almaşiş jarayonidan uç kun ötib yuz berdi.
Bu orada Isroil muxolifati rahbarlari hukumatni iste’foga çaqirişni yanada kuçaytirişdi. Avigdor Liberman hukumat iste’fosini talab qildi, sobiq boş vazir Yair Lapid esa «Hersi Halevi hurmatga loyiq. Endi Netanyahu hukumati iste’foga çiqişi kerak», — deb ta’kidladi.
AEXA: Eron yadroviy qurol yaratiş ostonasida
Eron yuqori darajada boyitilgan uran işlab çiqarişni yetti barobarga oşirib, 200 kilogrammga yetkazdi. AEXA rahbari Rafael Grossining ta’kidlaşiça, bu miqdor beşta yadroviy zaryad yaratiş uçun yetarli.
Uşbu holat AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan Eronga nisbatan yangi sanksiyalarning joriy etilişi xavfi fonida sodir bölmoqda. Bloomberg ma’lumotiga köra, fevralda kiritilişi mumkin bölgan çeklovlar Eronni 30 milliard dollarlik zararga duçor qilişi kutilmoqda.
Tehron muzokaralarga tayyorligini bildirib, diplomatik yeçim uçun hali imkoniyat borligini ta’kidladi. Biroq buning uçun vaqt kam. Joriy yilning oktyabrida 2015 yildagi yadroviy kelişuv böyiça sanksiyalarni avtomatik «qaytariş» mexanizmining amal qiliş muddati tugaydi. Agar uşbu qayta mexanizm işga tuşirilsa, Eron yadroviy qurol tarqatmaslik şartnomasidan çiqişi mumkinligi bilan tahdid qildi.
Rossiyaning Ukrainaga sulh şartlari
Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Ukrainadagi nizoni yuridik jihatdan majburlovçi şartnomalar asosida hal qiliş mumkinligini bildirdi.
Lavrovga köra, Rossiya «maxsus harbiy operatsiya» maqsadlariga erişiş va nizo sabablarini bartaraf etişga intiladi. Bişkekda Qirğiziston taşqi işlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan uçraşuvdan söng, u «Yevropa va AQŞ ham nizo sabablarini tuşuna boşlagani»ni qayd etdi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa Ukraina NATOga qisman qöşilişi va harbiy yordam oliş davom etişi şarti bilan tinçlik muzokaralariga tayyorligini bildirgan. U Kiyevning Qrim yarimoroli, Donetsk, Luhansk, Xerson va Zaporijjya oblastlaridan voz keçmasligini ta’kidlab, bu hududlarni diplomatik yöllar bilan qaytarişga intilişini aytgan.
Vladimir Putin nizo Ukraina NATOga qöşilişga intilişi sababli kelib çiqqanini takrorlab keladi. U Ukraina qöşinlarini Donbass, Xerson va Zaporijjya oblastlaridan çiqariş, bu hududlarning Rossiyaga tegişliligini tan oliş va Kiyevning NATOga a’zo böliş rejasidan voz keçişi tinçlik muzokaralari uçun asosiy şartlar ekanini aytadi.
Zelenskiy bu şartlarni ultimatum deb atab, rad etgan.
Ukraina öz armiyasini qisqartirmaydi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida çiqiş qila turib, Rossiyaning ukrain armiyasini beş barobarga qisqartiriş talabi mutlaqo rad etilişini ma’lum qildi. Uşbu talab Moskva bilan ehtimoliy muzokaralarda asosiy masalalardan biri bölişini ta’kidladi.
«Agar biz 800 mingdan ortiq askardan iborat armiya yarata olgan bölsak, bu Yevropa bilan birgalikda nafaqat özini himoya qila oladigan, balki Putinga qarşilik körsata oladigan kuçdir. Rossiyaning eng tez yöli — bizga bosim ötkazib, NATOga qöşilmasligimiz uçun harakat qiliş va armiyamizni beş barobarga qisqartirişga majbur qilişdir», — dedi Zelenskiy.
Zelenskiyning sözlariga köra, 2022 yilda oçilgan uruş boşida Rossiya Ukrainaga 200 ming askar kiritgan bölsa, hozir bu raqam 608 mingga yetgan. Zelenskiy xavfsizlik kafolatlarisiz Rossiya öz qöşinlarini yanada kuçaytib, Qrim okkupatsiyasiga öxşaş tarzda boşqa davlatlarga tahdid solişi mumkinligini ta’kidladi.
Rossiya 2022 yil mart oyida Ukraina armiyasini 50 minggaça qisqartiriş va harbiy salohiyatni çeklaşni öz içiga olgan tinçlik şartnomasi taklifini kiritgan. Bunda Ukrainaga faqat 4 ta harbiy kemalar, 55 ta vertolyotlar va 300 ta tanklarni qoldiriş taklif qilingan edi.
Zelenskiy: «NATO tinçlikparvarlari kerak»
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Davosda Rossiya hujumlarining oldini oliş uçun NATOdan kamida 200 ming tinçlikparvarlarni joylaştirişni talab qildi.
Zelenskiyning bu çiqişi AQŞ prezidenti Donald Trampning lavozimga qaytganidan söng yangradi. Tramp Ukrainadagi uruşni 24 soat içida tugatişga va’da bergan, biroq hanuzgaça buning aniq vositalari haqida ma’lumot bermagan.
Zelenskiy Yevropaning xavfsizligini ta’minlaşda qit’a davlatlarini faolroq harakat qilişga çaqirdi. Ayni paytda Yevropada tinçlikparvarlar kontingentini jalb qiliş ğoyasi faol muhokama qilinmoqda.
Zelenskiy: «200 ming tinçlikparvar askar bu minimal talabdir. Bundan kamroği yetarli bölmaydi», — deya ta’kidladi. Uning sözlariga köra, Rossiya qurolli kuçlari soni 1,5 million askarga yetgan, Ukraina armiyasi esa ularning yarmini taşkil qiladi.
Şuningdek, Zelenskiy Tramp bilan uçraşuv ustida iş olib borilayotganini ma’lum qildi. Uçraşuvning aniq sanasi hozirça ma’lum emas.
Tramp: «Men rus xalqini sevaman»
Zelenskiy Trampdan najot kutib turgan bir pallada AQŞga yana rahbarlikni boşlagan Donald Tramp Rossiya va rus xalqiga sevgi izhor qiliş bilan band. Biroq ularga nisbatan hurmatiga qaramay, agar Ukrainada uruşni töxtatiş böyiça kelişuvga erişilmasa, Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar va boj tariflari joriy qilişga majbur bölişini ma’lum qildi.
«Men Rossiyaga oğriqli zarar yetkazişni istamayman. Men rus xalqini sevaman va prezident Putin bilan har doim juda yaxşi munosabatda bölganman», — dedi Tramp.
U, şuningdek, yaqin vaqtda uruşni töxtatiş böyiça «bitim» tuziş zarurligini ta’kidlab, agar bunga erişilmasa, Rossiyaning AQŞ va uning şeriklariga sotadigan barça mahsulotlariga yuqori soliqlar, tariflar va sanksiyalar joriy qilişdan boşqa çora qolmasligini ma’lum qildi va «bu uruş men prezident bölganimda umuman boşlanmagan bölar edi», — deb qöşimça qildi.
Şuningdek, Tramp Rossiyaning natsistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan ğalabadagi hissasini eslatib ötdi:
«Biz Sovet Ittifoqi Ikkinçi jahon uruşini yutişimizdagi yordami va bu jarayonda 60 millionga yaqin odamni yöqotganini heç qaçon unutmasligimiz kerak. Men iqtisodiyoti inqirozga yuz tutgan Rossiyaga va uning prezidenti Putinga katta yordam körsatiş niyatidaman. Hozir kelişuvga erişing va bu bema’ni uruşni tugating! Uruş borgan sari yomonlaşaveradi», degan Tramp.