Joriy yil 15-16 yanvar kunlari IIV Tezkor-qidiruv departamenti, DXX va Toşkent şahar IIBB tezkor xodimlari tomonidan Toşkent şahrining Sergeli va Yaşnobod tumanlarida tezkor tadbirlar ötkazildi.
1993 yilda va 1999 yilda tuğilgan ikki nafar şaxs Sergeli tumani, Xonobod köçasida töxtatilib tekşirilganda, ularning yonida 286 dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari borligi aniqlangan.
Uşlangan şaxslar mazkur dori vositalarini Telegram ijtimoiy tarmoğidagi narkodökondan olganligi ma’lum bölgan va 16 yanvar kuni Yaşnobod tumanida 1998 va 1999 yilda tuğilgan şaxslar uşlanib, yaşaş manzili közdan keçirilib, 857 dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari olindi.

Şuningdek, tadbir davomida uşlangan şaxslar kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarni 1996 yilda tuğilgan, Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan sudlangan şaxsga ham sotganligi ma’lum böldi.
U Olmos mahallasida töxtatilib tekşirilganda, yonida 500 dona dori vositalari borligi aniqlandi.
Ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida çakana narxi 131,4 mln sömga teng bölgan jami 1 643 dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari olinib, tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.








