Tramp va neft: AQŞning yangi prezidenti «energetik ustunlik»ka qanday erişmoqçi?
|23:07 / 23.01.20257 68210 min
Donald Tramp AQŞni dunyoning yetakçi energetik davlatlaridan biriga aylantirişni va faqatgina Amerikada emas, balki butun dunyoda ham arzon neft va suyultirilgan gaz bilan ta’minlaşni va’da qilmoqda. Bu işlarning barçasi Jo Baydenning «yaşil» siyosatiga qasddan qarşilik qiliş maqsadini közlagan.
Foto: dailymail.co.ukFoto: dailymail.co.uk
Trampning neft-gaz möjizasi qay darajada real va AQŞ prezidentini dunyoning qazilma yoqilğilar bozoridagi ikki asosiy raqibi — Rossiya va Saudiya Arabistoni ustidan ğalabaga olib boruvçi yölda qanday tösiqlar kutişi mumkin?
«Burğila, bolajon, burğila» — Trampning saylovoldi kampaniyasi şiori böldi. U neft va boşqa yengil uglevodorodlar işlab çiqarişni 15 foizga yoki kuniga 3 mln barrelgaça oşirişni va’da qilmoqda.
AQŞ hozirning özida dunyoning eng yirik energiya resurslari işlab çiqaruvçisi hisoblanadi. Faqatgina neft va gaz kondensatini AQŞ kuniga 13 mln barreldan köproq işlab çiqaradi, bu körsatkiç Rossiya va Saudiya Arabistonidagidan ham ança yuqori — ularning har biri taxminan 10,5 mln barrel qazib çiqaradi.
Bundan taşqari, AQŞ dunyodagi eng yirik suyultirilgan tabiiy gaz (STG) eksportçisi sanaladi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi va Vladimir Putin Yevropaga nisbatan «gaz uruşi»ni boşlaşi ortidan Amerika Yevropa bozoridagi mavqeyini mustahkamlay oldi. Bu mojaro natijasida «Gazprom» özi uçun eng daromadli va qulay Yevropa bozorini qariyb butunlay yöqotdi.
Böşagan örinni Amerika gaz kompaniyalari egalladi va Tramp ularning ustunligini mustahkamlaş, şu bilan birga, STGning yirik eksportçilari bölgan Qatar, Kanada va Avstraliyadan Osiyo bozoridagi uluşni qaytarib olişni rejalaştirmoqda.
Bu Trampning islohotlaridan közlangan ikki asosiy maqsaddan biridir. Ikkinçisi — qazib oliş hajmini oşiriş orqali AQŞ içki bozorida yonilği narxini past darajada uşlab turiş. Hozirgi kunda gaz AQŞda Yevropa yoki Xitoydagi narxidan qariyb uç barobar arzon, bu esa Amerika sanoatiga raqobatbardoşlikni oşirişda yordam berib, dunyodagi eng boy mamlakatda farovonlikni kuçaytirmoqda.
BBC Tramp qanday qilib «energetik ustunlik»ka erişmoqçi ekani xususida tahliliy maqola e’lon qildi.
Alyaska, quvurlar va «kapitalizm hirsi»
«Neft qazib olişni köpaytirişning ikki yöli közga taşlanadi: davlat tomonidan nazoratni yumşatiş va neft kompaniyalarida köproq qazib olişga rağbat uyğotiş», — deydi Institute of International Finance (IIF) iqtisodçilari Marsello Estevao va Ivan Burgara.
Mavzuga oid
Tramp özining birinçi muddatida neftçilarga 7 ta uçastka ajratib bergan Alyaskadagi qöriqxonaning oq ayiqlari. Bayden bu qarorni bekor qilgandi. Foto: Reuters
«Sönggi tört yilda neft işlab çiqaruvçilarni Jo Baydenning «yaşil» islohotlari çeklab keldi. Bu islohotlar energetikani qazilma yoqilğidan ekologik toza manbalarga ötişga majburlaş uçun möljallangandi. Trampning ikkinçi muddati neft işlab çiqaruvçilarda «hayvonot nafsini» uyğotib, ularni kelajakdagi foyda uçun hozirdan sarmoya kiritişga çoğlantiradi», — deb yozadi ular.
Şu maqsadda Tramp bir neça «közir qarta»larni yengidan çiqarişga tayyor.
Birinçisi — neft kompaniyalariga federal yerlar va şelflarni taqdim etiş. Hozir AQŞda işlab çiqarilayotgan neftning törtdan biri federal yerlarda va hindular rezervatsiyalarida qazib çiqariladi. Bayden şelflarda, ayniqsa, Tinç va Atlantika okeanidagi davlatga tegişli yerlarda işlab çiqarişga litsenziya berişni çeklagandi.
Tramp neftga boy ştatlarda, birinçi navbatda Alyaska va Texasdagi federal yerlarda qaziş işlarini tiklaşi mumkin. Şuningdek, Meksika qöltiğidagi davlat şelfi ham qayta işga tuşirilişi mumkin. Biroq federal yerlarni neft platformalari va burğilaş uçun ajratiş – işning faqat yarmi. Qazib çiqariş va razvedka uçun ham ruxsatnomalar oliş kerak böladi.
Bu esa Trampning ikkinçi köziri. Trampning ilk prezidentlik muddatida federal yerlar boşqaruvi byurosi (BLM) ma’lumotlariga köra, ruxsatnoma oliş uçun örtaça 174 kun ketgan. Bayden davrida bu körsatkiç 258 kunga uzaytirildi. U prezidentlikka kelgaç, ruxsatnoma berişni butunlay töxtatgan, faqat öz muddati örtalariga kelib qayta tiklagan edi.
Uçinçi qadam — infratuzilmani rivojlantiriş. Tramp Bayden tomonidan töxtatib qöyilgan neft haydaş quvurlari qurilişini qayta tiklaşni rejalaştirmoqda. Bu kompaniyalarga işlab çiqarişni tezlik bilan oşiriş, yangi bozorlarga çiqiş va dengiz sohilidagi eksport terminallariga ulaniş imkonini beradi.
Yangi ma’muriyat tomonidan va’da qilinayotgan çoralarning törtinçisi neft va gaz işlab çiqarişni emas, balki ularga bölgan talabni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan. Tramp Baydenning keng kölamli «yaşil» subsidiyalarini bekor qiliş, ekologik talablarni yumşatiş va avtomobillar hamda energetikani qayta tiklanadigan manbalarga ötkaziş rejalarini qayta körib çiqişni rejalaştirmoqda.
Nihoyat, beşinçi közir — Bayden tomonidan joriy etilgan suyultirilgan gaz eksporti çeklovlarini bekor qiliş.
Hammasi xamirdan qil suğurganday keçmaydi
Tramp suyultirilgan tabiiy gaz (STG) eksportini çeklovçi qoidalarni birinçi kuniyoq bekor qilişi mumkin, ammo bu jarayonga ikki jiddiy muammo tösqinlik qilişi ehtimoli bor. Birinçidan, Bayden bu çeklovlarni oddiy emas, balki sohildagi terminallar kengayişining «ekologik ta’sirlar tahlili» bahonasi bilan kiritgan edi. Şunday qilib, ekspertiza yakunlanmasidan berilgan har qanday ruxsatnoma sudga tortilişi mumkin.
Foto: Reuters
Biroq, bu muammo vaqtinçalikdir, çunki ekologik ekspertizaning formal qismi bir oy içida yakunlanadi. Eng jiddiy tösiq, Avstraliya tajribasi körsatganidek, gazning içki bozorida narxlar oşişi bölişi mumkin. Çunki taşqi bozorlarda, avval aytilganidek, gaz narxlari bir neça barobar qimmatroq.
Tramp nafaqat energiya manbalari qimmatlaşining oldini olişni istaydi, balki saylovçilarga narxlarni pasaytirişni ham va’da qilgan.
Xususiy kompaniyalarni «burğila, bolajon, burğila» deb faoliyatini yanada kuçaytirişga majbur qiliş ham oson iş emas.
Kompaniyalar investitsiyaviy qarorlarni rentabellik va uzoq muddatli manfaatlarni hisobga olgan holda qabul qiladi. Agar Trampning neft va gaz narxlarini tuşiriş maqsadi amalga oşsa, bu ular köproq emas, kamroq qazişiga olib keladi. Hatto barça federal yerlar yelarga tekin taqdim etilsa ham.
Kanzas-Siti federal zaxiralar banki neftçilar orasida ötkazgan sörovlarga köra, mavjud qazib çiqariş hududlarini foyda bilan rivojlantiriş uçun neftning örtaça narxi 65 dollardan past bölmasligi kerak. Dastlabki qazib çiqariş hajmini sezilarli oşiriş uçun esa narx 89 dollar bölişi talab etiladi.
Köpçilik neft işlab çiqaruvçilar bunday yuqori narxlarni kutayotgani yöq. Ular neft narxi olti oydan söng 73 dollar, bir yildan keyin 77 dollar va ikki yildan söng 80 dollar bölişini taxmin qilmoqda.
Şu sababli, köplab yirik kompaniyalar Trampning ilhomlantiruvçi bayonotlariga qaramay investitsiyalarni köpaytirişni rejalaştirişmayapti. Bundan taşqari, sarmoyadorlar va bozor kompaniyalardan olinayotgan foydani dividendlar va aksiyalarni qayta sotib olişga yönaltirişni talab qilmoqda. Şuning uçun kapital sarmoyalar uçun resurslar kam qolmoqda.
«Yillar, hattoki ön yillar»
«Federal yerlarni taqsimlaşni boşlaş mumkin, ammo bu neft işlab çiqaruvçilar ularni zudlik bilan özlaştirişga kirişadi degani emas», — deb ta’kidlaydi IIF iqtisodçilari. Ularni nafaqat qazib çiqariş hajmini oşirişning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi, şuningdek, içki va jahon bozoridagi talab va taklif omillari ham tiyib turibdi.
Mana şu talab borasida hozirça ayrim savollar bor.
Neft işlab çiqaruvçi asosiy OPEC+ karteli va Ğarb iste’molçilari boş tahlil markazi IEA (xalqaro energetika agentligi) 2025 yilda jahon iqtisodiyotidagi muammolar va asosiy iste’molçi — Xitoydagi talab susayişi tufayli neft va gazga talab past darajada ösişini prognoz qilmoqda.
Şu bilan birga, dunyodagi neftga talab baribir aholi ösişi va sanoat rivojlanişi bilan birga kötarilib boradi. IEA hisob-kitoblariga köra, joriy yilda talab kuniga yana 1 mln barrelga oşib, 104 mln barrelga yetadi.
Bir vaqtning özida Rossiya va Eronning «yaşirin flot»lariga qarşi AQŞ sanksiyalari tufayli taklif qisqarmoqda. Biroq heç kim jahon bozorida taqçillik yoki narxlar keskin oşişini kutmayapti.
Birinçidan, AQŞ va Xitoy taqçillik sodir bölgan holatda bozorga aralaşiş uçun ulkan strategik zaxiralarga ega. Ikkinçidan, OPEC+ bu yil kartelga a’zo mamlakatlarning neft eksportiga qöyilgan çeklovlarning ayrimlaridan voz keçiş uçun töplanadi. Uçinçidan, OPEC+ga kirmaydigan mamlakatlar, jumladan, AQŞ, Kanada, Braziliya, Gayana va Argentina, bu yil qazib çiqariş hajmini yana sutkasiga 1,5 mln barrelga oşirişni rejalaştirmoqda.
«Bu çoralarning barçasi yetkazib berişdagi ehtimoliy uzilişlarni ham, kutilgan talab oşişini ham qoplaşga yetadi», — deb hisoblaydi Xalqaro energetika agentligi mutaxassislari.
Narxlar kötarilmasa, unda Tramp tomonidan taqdim etiladigan yengilliklar AQŞda qazib oliş hajmini oşirişi mumkinmi?
Agar bu röy bersa ham, yaqin kelajak sodir bölmaydi, deb hisoblaydi IIF iqtisodçilari.
«Tartibga solişning yengillaştirilişiga qaramay, kelgusi tört yil içida AQŞda neft qazib çiqariş hajmi sezilarli darajada oşişini kuzatmaymiz, — demoqda ekspertlar. — Federal yerlar uçun litsenziyalar taqsimlanganidan söng, u yerlarda qazib çiqariş boşlanişigaça yillar, balki ön yillar kerak böladi. Bundan kelib çiqadiki, AQŞda neft işlab çiqarişning har qanday sezilarli ösişi faqat 2028 yilda — Trampning prezidentlik muddati yakunlanganidan söng röy berişi mumkin».