«PSJ» — «Mançester Siti» 4:2
Gollar: Dembele (56), Barkolya (61), Neveş (78), Ramuş (90+4) — Griliş (50), Holand (53). 
«PSJ» – Donnarumma, Mendeş, Paço, Markinos, Hakimi, Ruis (Zair-Emeri, 61), Vitinya, Neveş, Barkolya (Ernandes, 81), Li Kan In (Dembele, 46), Due (Ramuş, 61).
«Mançester Siti» – Ederson, Gvardiol, Diaş (Lyuis, 46), Akanji, Nuneş (Stounz, 78), Kovaçiç (Gundöğan, 70), Silva, Savio (Griliş, 46), de Bryuyne (Makeyti, 70), Foden, Holand.
Ogohlantirişlar: Diaş (9), Mendeş (23).

Bir kun oldin «Barselona» va «Atletiko» amalga oşirgan kambeklar turning markaziy uçraşuvida ham davom etdi. «PSJ» birinçi bölimda ustunlikka erişdi, ammo hisobni oça olmadi, 45-daqiqada Barkolya bilan kombinatsiya uyuştirgan Hakimi darvozani işğol etdi, ammo hujum vaqtida Mendeş ofsaydda bölgani tufayli gol inobatga olinmadi.

Ikkinçi bölimda esa parijliklar uç daqiqa içida ikki gol ötkazib yuborişdi. Bu mavsumda APLda ham, YeÇLda ham gol ura olmagani uçun tanqidlar ostida qolgan Jyek Griliş munosib javob qaytardi. U avvaliga hisobni oçdi, keyin Holand gol urgan hujumda asosiy işni bajardi.

Ammo mehmonlarning quvonçi uzoqqa çözilmadi. Yetti daqiqadan keyin tabloda ikkita ikki porlab turardi. Bredli Barkolya — uşbu kambek homiysi. U avvaliga qanotdan oldinga yurib, jarima maydoni markazidagi Usmon Dembeleni golli pas bilan ta’minladi, keyin esa özi öng qanotda paydo bölib, hisobni tenglaştirdi. Keyin esa «Siti» himoyasi soçilib ketdi — standart vaziyatda kiçik böyli Mendeş ğalaba golini urdi.

«PSJ» ajoyib himoyalandi, yana ikki bor darvozani işğol etdi va zarbalar soni böyiça «şaharliklar»ni katta farq bilan ortda qoldirdi – 26:9 (darvoza sohasiga töğri borgan zarbalar böyiça – 9:6, jarima maydoni içidan yöllangan zarbalar soni böyiça – 16:7). Parijliklarning keyingi ikki goli ofsayd holati tufayli hakam tomonidan bekor qilindi, ammo VAR qöşimça daqiqalarda Ramuş gol urgan vaziyatda töp unga raqib futbolçisidan kelganini körsatib berdi - 4:2.

Bu ğalaba evaziga parijliklar 22-öringa kötarilib oldi,
Gvardiola jamoasi pley-off hududini tark etdi! Sönggi turda «Siti» uyda «Bryugge» bilan öynaydi, «PSJ» esa «Ştutgart» mehmoni böladi. Ammo top-24 ga kiriş uçun ikki jamoada ham imkoniyat yomon emas.