2024 yilda kamida 45 nafar rossiyalik jurnalist jinoiy işda ayblanuvçiga aylandi. Ötgan yilga nisbatan bu raqam deyarli ikki baravar köpaydi – 2023 yilda 23 nafar rossiyalik jurnalist jinoiy javobgarlikka tortildi, deyiladi OAVni himoya qiliş markazining 22 yanvar, çorşanba kuni çop etilgan yakuniy hisobotida.

2024 yilda OAV vakillariga nisbatan iş oçilgan moddalar orasida «agent majburiyatlarini bajarmaslik» (Jinoyat kodeksining 330.1-moddasi – 16 ta holat), «Armiya haqida feyk ma’lumotlarni tarqatiş» (Jinoyat kodeksining 207.3 — önta iş), «ekstremistik hamjamiyatda iştirok etiş» (Jinoyat kodeksining 282.1 — sakkizta iş) va «terrorizmni oqlaş» (Jinoyat kodeksining 205.2 — yettita iş) moddasi yetakçilik qilgan.

Ötgan yili jurnalistga nisbatan Jinoyat kodeksining 284.1-moddasi (nomaqbul taşkilot faoliyatini taşkil etiş) böyiça birinçi jinoiy iş qözğatilgani ma’lum bölgan edi. Ayblanuvçi «Novaya gazeta Yevropa»ning boş muharriri Kirill Martinov böldi. Şuningdek, Rossiya hukumati Ukraina qurolli kuçlarining Kursk oblastiga bostirib kirişini yoritgan xorijlik jurnalistlarga nisbatan kamida 12 ta jinoiy iş qözğatdi (Jinoyat kodeksining 322-moddasi – Rossiya Federatsiyasi davlat çegarasini noqonuniy kesib ötiş).

27 ta jinoiy iş böyiça hukm

Ötgan yil davomida Rossiya sudlari jurnalistlarga nisbatan kamida 27 ta hukm çiqargan, jumladan, öntasi sirtdan. Işlarning aksariyati harbiy «feyklar» böyiça ayblovlar bilan boğliq (Jinoyat kodeksining 207.3-moddasi). Sudlanganlar orasida The New Yorker muallifi Maşa Gessen, yozuvçi va jurnalist Mixail Zigar, Republic sobiq boş muharriri Dmitriy Kolezev, RusNews jurnalisti Roman Ivanov, bloger Kamikadze Di va "Listok" gazetasi noşiri Sergey Mixaylov bor.

Çet ellik jurnalistlar ham sudlandi: The Wall Street Journal muxbiri Evan Gerşkoviç va jurnalist Alsu Kurmaşeva. 2024 yil avgustida ular Rossiya va Ğarb örtasidagi mahbuslar almaşinuvi doirasida ozod qilindi.