Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.

Isroil zulmi Ğazodan Janiynga köçdi

Isroil okkupatsiyasi ostidagi Ğarbiy sohilda zöravonliklar avj olmoqda. Falastinning Janiyn tumanida Isroil hujumlari natijasida kamida 10 falastinlik halok böldi, 35 dan ortiği yaralangan. Isroil armiyasi buni «aksilterror operatsiyasi» deb atadi, ammo bu borada batafsil ma’lumot berilmayapti.

Falastin ma’muriyati isroillik harbiylarni tinç aholi va xavfsizlik kuçlari xodimlariga öt oçganlikda aybladi. Jabrlanganlar orasida tinç fuqarolar va ofitserlar bor, ulardan biri oğir ahvolda.

Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bu harakatni «terrorizmga qarşi kuraş» deb baholagan va operatsiyaga «Temir devor» deb nom berilgan.

Janiyndagi eskalatsiya Ğarb sohilidagi umumiy zöravonliklardan bir qismidir. Sönggi haftalarda harbiy reydlar, noqonuniy manzilgohlarda yaşovçi yahudiy köçkindilarining hujumlari va aviahujumlar köpaydi. 21 yanvar kuni yahudiy manzilgohlaridagi köçkindilar armiya yordamida falastinliklarning avtomobillari va mulklarini yoqib yubordi. 20 dan ortiq odam yaralandi.

Ğazoda yaqindagi kelişuvga qaramay, vaziyat notinç qolmoqda. 2023 yil 7 oktyabrdan buyon Ğarbiy sohilda Isroil kuçlari va noqonuniy manzilgohlardagi yahudiy köçkindilari tomonidan kamida 847 falastinlik halok qilingan.

Damaşq: «Sanksiyalar sababçisi — Moskvada»

Suriyaning yangi hukumati Ğarbdan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilişni söramoqda. Davos forumida Suriya taşqi işlar vaziri Asad aş-Şayboniy sanksiyalar sababini Moskvadan qidiriş kerakligini ta’kidlab, Başar Asad davrida joriy etilgan sanksiyalar mamlakatning tiklanişiga tösiq bölayotganini aytdi. Unga köra, «Suriya xalqi sobiq hukmdorga qarşi çoralar tufayli jazolanmasligi kerak».

8 dekabr kuni muxolifatdagi «Hay’at Tahrir aş-Şom» guruhi Damaşqni egallaganidan keyin hokimiyat tepasiga kelgan yangi hukumat oçiq iqtisodiy islohotlarni va’da qilmoqda. Jumladan, neft sanoatining xususiylaştirilişi va xususiy sarmoyalarni transport infratuzilmasiga jalb qiliş rejalaştirilgan.