Unda sohaga oid Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi muhokamasi ötkazilib, meva-sabzavot mahsulotlarining xalqaro bozorda raqobatbardoşligini oşiriş uçun tadbirkorlarning takliflari tinglandi.

Tadbirda qaror qabul qilinişi bilan, mahsulot narxining kötarilişi, retaillar bilan işlaş tizimi yaratilişi va sohada bir qator yengilliklar kiritilişi kutilayotgani ta’kidlandi.

Jumladan, zamonaviy qadoqlangan holda xöl meva-sabzavot, dukkakli va poliz mahsulotlarini yetiştiruvçi, qayta işlangan meva-sabzavot mahsulotlarini işlab çiqaruvçi va quyidagi barça şartlarga bir vaqtning özida javob beradigan tadbirkorlik sub’yektlari uçun foyda soliği stavkalari 1 foiz etib belgilanişi közda tutilmoqda.

Xususan, har oyda har bir xodimga iş haqi miqdori mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bölmagan miqdorda hisoblanganda, şu bilan birga, zamonaviy qadoqlangan xöl meva-sabzavot, dukkakli va poliz mahsulotlari hamda qayta işlangan meva-sabzavot mahsulotlarini sotuvi bilan şuğullanuvçilar uçun uşbu mahsulotlarni soliq davrida realizatsiya qilişdan tuşgan umumiy tuşumi jami tovarlarni realizatsiya qilişdan olingan daromadning kamida 80 foizini taşkil etganda qöllanadi.

“Savdoni rivojlantiriş kompaniyasi” AJ tomonidan zamonaviy qadoqlangan holda xöl meva-sabzavot, dukkakli va poliz mahsulotlarini yetiştiruvçi, qayta işlangan meva-sabzavot mahsulotlarini işlab çiqaruvçi tadbirkorlik sub’yektlariga zamonaviy qadoq uçun kompensatsiya qiliş va qişloq xöjaligi mahsulotlarini kalibrovka qiliş hamda maxsus idişlarda qadoqlaş loyihalari va aylanma mablağlarini töldiriş uçun tadbirkorlik sub’yektlariga mablağ ajratilişi rejalaştirilgan.

Tadbirda ma’lum qilinişiça, mazkur qaror bilan bengilangan yangiliklar hayotga tatbiq qilinsa, mamlakatimizda yetiştirilgan meva-sabzavot mahsulotlarining zamonaviy qadoqlanişi nafaqat mahsulotning taşqi körinişini yaxşilaydi, balki uning sifatini saqlaş va eksportbopligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.