Havo hujumidan mudofaa kuçlari Moskvaga uçuvçisiz uçoqlar hujumini qaytardi. Bu haqda 24 yanvar, juma kuni erta tongda Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi. Dastlab u özining Telegram-kanalida şunday yozgan: "Mudofaa vazirligining Kolomna şahar okrugi va Ramenskoye şahar okrugidagi havo hujumidan mudofaa qöşinlari Moskvaga uçayotgan dronlarning hujumini qaytardi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, vayronalar va qurbonlar yöq. Dronlar parçalari qulagan joyda Favqulodda vaziyatlar xizmati mutaxassislari işlamoqda". Keyin uning boşqa bir xabari paydo böldi. Unga köra, havo hujumidan mudofaa kuçlari Podolsk şahar okrugida Moskva tomon uçayotgan ikkita dronni urib tuşirdi. Sobyanin Troitskiy ma’muriy okrugida dron urib tuşirilganini ham ma’lum qildi.
Bungaça Ramenskoye şahar okrugi ma’muriyatining Telegram-kanali aholini tahdidlar haqida tezkorlik bilan xabardor qiliş maqsadida munitsipalitetda dron hujumlari xavfi tufayli soat 1:00 dan boşlab ogohlantiriş rejimi joriy etilgani haqida xabar bergan edi.
Rosaviatsiya vakili Artem Korenyakoning ma’lum qilişiça, Moskva vaqti bilan soat 0:22 dan boşlab Moskvaning Domodedovo, Jukovskiy va Vnukovo aeroportlari vaqtinça reyslarni qabul qilmagan va jönatmagan. Biroz vaqt ötgaç, çeklovlar olib taşlandi.









