Sietl okrug sudi prezident Donald Trampning tuğiliş huquqi böyiça fuqarolikni çeklovçi farmonini vaqtinça blokladi. Bu haqda 23 yanvar, payşanba kuni CNN xabar berdi. «Men qirq yildan köproq vaqt davomida sudyalikda ötiribman. Savol şu qadar aniq bölganini boşqa vaqt eslay olmayman», dedi sudya Jon Kofenur qarorida.

Sudya Vaşington, Illinoys, Oregon va Arizona ştatlari vakillarining iltimosini qanoatlantirib, prezidentning farmonini oçiqdan oçiq konstitutsiyaga zid deb atadi. Da’vogarlarning ta’kidlaşiça, Oq uy rahbari 1868 yilda qabul qilingan Konstitutsiyaga kiritilgan 14-tuzatişni buzmoqda.

Tramp inauguratsiya kuni imzolagan farmon matniga köra, agar bola tuğilganda çet ellik ota-onasi noqonuniy ravişda yoki faqat vaqtinçalik yaşaş uçun hujjatlar, şu jumladan turistik yoki iş vizasi bilan AQŞda bölgan bölsa, bola tuğilişi bilan AQŞ fuqaroligini oliş huquqiga ega bölmaydi. 

Ertasi kuni 22 ştat rasmiylari Trampning farmoniga e’tiroz bildiriş uçun AQŞ sudlariga murojaat qildi. 18 ştat va Kolumbiya okrugi Massaçusets sudiga, yana tört ştat Vaşington ştati sudiga murojaat qilgan.