Kiyev AQŞ prezidenti Donald Trampning Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini töxtatiş zarurligi haqidagi «hal qiluvçi bayonoti»ni olqişlaydi, dedi Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga 23 yanvar, payşanba kuni Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida «Ukraina: oldinga yöl» muhokamasi çoğida.
«Biz prezident Trampning bunday qat’iy bayonotlarini olqişlaymiz. Va biz u ğolib bölişiga işonamiz. Biz bu uruşni tugatiş va uzoq muddatli adolatli va keng qamrovli tinçlik qaroriga erişiş uçun diplomatik sa’y-harakatlarda yangi kuç uçun qöşimça imkoniyatga ega ekanligimizga işonamiz», — deya Sibigadan iqtibos keltiradi «Interfaks-Ukraina» agentligi.
Ukraina taşqi işlar vazirligi rahbari Rossiyaga bosimni kuçaytiriş va uni muzokaraga majbur qiliş zarurligiga işora qildi. «Bizga AQŞ rahbariyati kerak. AQŞning köproq iştiroki kerak», — dedi u. Şu bilan birga, vazir Rossiyaning keyingi tajovuzkorligi uçun narxni, xususan, qattiq sanksiyalar siyosati orqali oşiriş, şuningdek, Ukrainani mustahkamlaş zarurligini ta’kidladi. Sibiga sözlariga köra, Ukrainaga «birinçi navbatda jang maydonidagi vaziyatni barqarorlaştiriş va harbiy mudofaa salohiyatni mustahkamlaş uçun töxtatuvçi vositalar paketi» zarur.
Tramp - Putinga: «Uruşni tugatiş vaqti keldi, aks holda bundan battar böladi»
Bir kun avval Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoği orqali Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainaga qarşi uruşni töxtatiş böyiça zudlik bilan bitim tuzişga çaqirib, aks holda Rossiya AQŞning yangi sanksiyalariga duç kelişidan ogohlantirgan edi.
Tramp «Rossiyaga zarar yetkazişni istamasligini», «rus xalqini sevişini» va «Putin bilan har doim juda yaxşi munosabatda bölganini» ta’kidladi, biroq qöşimça qildi:
«Iqtisodiyoti tanazzulga yuz tutayotgan Rossiyaga va prezident Putinga juda katta yordam bermoqçiman. Hoziroq kelişuv tuzing va bu bema’ni uruşni töxtating! Tez orada kelişuv tuzmasak, vaziyat yanada yomonlaşadi. Menda Rossiya AQŞ va ittifoqdoş davlatlarga sotgan hamma narsaga yuqori soliqlar, bojlar va sanksiyalar joriy etişdan boşqa ilojim yöq».








