2024 yil yakuniga köra, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari örtasidagi umumiy tovar ayirboşlaş hajmi 94,8 milliard dollarni taşkil etdi, bu haqda Xitoy Boş bojxona boşqarmasiga tayanib Qozoğistonning Zakon naşri xabar berdi.
Qayd qilinişiça, savdo aylanmasi 2023 yilga (89,4 milliard dollar) nisbatan 5,4 milliard dollarga oşdi.
Hajmning asosiy qismi – 43,8 milliard dollar yoki 46 foizdan ortiği Qozoğistonga töğri keldi. Qolgan davlatlar örtasidagi taqsimot quyidagiça:
- Qirğiziston — 22,7 milliard dollar (24%);
- Özbekiston — 13,7 mlrd dollar (14,5%);
- Turkmaniston — 10,6 milliard dollar (11%);
- Tojikiston — 3,8 mlrd dollar (4%).
Qozoğiston (2,8 milliard dollarga ösiş), Qirğiziston (2,9 milliard dollar) va Turkmaniston (57 million dollar) bilan savdoda ijobiy dinamika kuzatilgan. Biroq Tojikiston va Özbekiston bilan özaro savdo hajmi mos ravişda 65 million dollar va 260 million dollarga kamaygan.








