Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning aytişiça, «Kiyev Moskva bilan uruşni töxtatiş böyiça töğridan töğri muzokaralar «kuçli pozitsiyadan» olib boriladigan bölsa, bunga tayyor. Agar AQŞ prezidenti Donald Tramp xavfsizlik kafolatlarini taqdim etsa, bu mumkin, dedi u 22 yanvar, çorşanba kuni Bloomberg agentligiga bergan intervyusida.

Ukraina va tinçlikparvar kuçlar uçun xavfsizlik kafolatlari

«Agar prezident Tramp bizga, Ukraina uçun bu kuçli va qaytarib bölmaydigan xavfsizlikni kafolatlay olsa, biz diplomatik yöldan boramiz. Men tuşunamanki, Rossiyasiz bu uruşni diplomatik yöl bilan töxtatib bölmaydi», — dedi u. Ukraina uçun uzoq muddatli xavfsizlik kafolati NATOga a’zo böliş yoki AQŞ iştirokida Ğarb tinçlikparvar kuçlarining mavjudligi böladi, deb hisoblaydi Ukraina prezidenti.

Zelenskiy Ukrainadagi jangovar harakatlar tugaganidan keyin Rossiyaning qayta qurollanişiga va kelajakda yangi harbiy tajovuziga yöl qöymaslikka çaqirdi. Uning sözlariga köra, eng xavfli ssenariy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga uruşni qayta boşlaş imkonini beradigan tinçlik böladi. «U prezident Trampga köp narsalarni va’da qiladi, hatto u bilan uçraşiş uçun ham u juda uzoqqa boradi», — deya ogohlantirdi u.

Zelenskiy, şuningdek, Rossiya bilan muzokaralarni boşlaşning adolatli şarti uning qöşinlarini, heç bölmaganda, 2022 yil fevralida Rossiyaning töliq miqyosli hujumi boşlanişidan oldingi çiziqqa olib çiqib ketişi bölişiga işonç bildirdi.