Ğazo sektorida Hamas taşkiloti tomonidan garovda bölgan Isroil Mudofaa kuçlarining tört nafar ayol harbiysi 25 yanvar kuni ozod etilişi kerak. Buni 24 yanvar, juma kuni keçqurun Isroil rasmiylari tasdiqladi.
The Times of Israel internet-naşrining yozişiça, Hamas tomonidan kun avval e’lon qilingan askarlarning ismlari quyidagiça: Liri Albag, Karina Ariyev, Daniella Gilboa va Naama Levi. Ularning barçasi 2023 yil 7 oktyabr kuni Naxal-Oz kibutsidagi TSAHAL kuzatuv bazasiga bostirib kiriş paytida öğirlab ketilgan. Ta’kidlanişiça, qizlarning oilalariga 25 yanvar kuni ozodlikka çiqiş ehtimoli haqida allaqaçon ma’lum qilingan.
Garovga olinganlarni ozod etiş qoidalari
Bayonotda aytilişiça, Isroil rasmiylari Hamas uşlab turgan kuzatuv bazasidagi yana bir ayol askar - Agam Berger va fuqaro Arbel Yahudning oilalari bilan ham gaplaşgan. Isroil kelayotgan hafta oxirida ikkalasini ham ozod qiliş uçun Hamasga murojaat qildi.
«Yahud Ğazo sektorida garovga olingan tinç aholi vakillaridan biri. Ayol fuqaro sifatida ertaga (25 yanvar) ozod etilganlar orasida bölişi kerak edi, - deb yozadi The Times of Israel. - Biroq, u Hamas emas, balki Falastinning boşqa guruhi tomonidan uşlab turilgani taxmin qilinmoqda. Quddus Xamas uni ozod qilişni keçiktirişga harakat qilişi mumkinligidan xavotirda»
Yahud garovda saqlanayotgan tinç aholi vakillaridan oxirgisi hisoblanadi. Gazeta tuşuntirganidek, uning ozod etilişi rejalaştirilgan şaxslar röyxatidan çiqarilişi Isroil va Hamas örtasidagi kelişuvning buzilişidir, çunki u fuqaro garovga olinganlar ayol harbiylardan oldin ozod etilişini nazarda tutadi.








