24 yanvar, juma kuni Slovakiyada ön minglab odamlar mamlakat hukumati siyosatiga qarşi norozilik bildiriş uçun köçalarga çiqdi. Dpa axborot agentligining xabar berişiça, namoyişçilar boş vazir Robert Fitsoning iste’fosini talab qilişgan. Taşkilotçilarga köra, öşa kuni eng katta maydonga — Bratislavadagi Slovakiya hukumati qarorgohi oldida — 60 mingga yaqin odam töplangan.

Boşqalar qatorida Mier Ukrajine («Ukrainaga tinçlik») taşkiloti norozilik namoyişlariga çaqirdi. Uning vakili Marian Kuliç jurnalistlarga tuşuntirganidek, tarafdorlari Rossiyaga nisbatan «hamkorlikka» qarşi. «Slovakiya Yevropaning bir qismidir», dedi u. Ayni paytda, dpa muxbirlarining ta’kidlaşiça, avvalgi şunga öxşaş harakatlardan farqli ölaroq, 24 yanvar kuni Ukraina bayroqlari sezilarli darajada kamaygan. Buning örniga namoyişçilar Slovakiya milliy bayroqlari va Yevropa Ittifoqi bayroqlarini olib kelişdi.

Tanqidçilarning Robert Fitsoga qarşi ayblovlari

Slovakiya hukumati tanqidçilarining fikriça, Robert Fitso tobora avtoritarlaşib borayotgan «rossiyaparast» yönalişni davom ettirmoqda. Fitsoning özi bu kabi barça ayblovlarni rad etadi. «Bu hukumat heç qaçon bizning Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zoligimizni şubha ostiga qöyadigan qadamlar qöymaydi», deb işontirdi u.

Fitso Ukrainaga Slovakiya milliy zaxiralaridan qurol yetkazib berişni töxtatdi. Bundan taşqari, u bir neça bor Yevropa Ittifoqining Rossiya nefti va gaziga nisbatan sanksiyalarini tanqid qilgan, uning fikriça, bu energiya manbalariga qaram bölgan Slovakiya Moskvadan köra köproq zarar köradi. Şu bilan birga, Slovakiya Vengriyadan farqli ölaroq, Ukrainaga bostirib kirişi sababli YeIning Rossiyaga qarşi qöllagan barça çoralarini hozirgaça qöllab-quvvatladi, deya eslatadi dpa.