Assalomu alaykum. Bugun yakşanba. «Örmon ahli» multfilmidagi tödaboşi toşbaqaning ta’biri bilan aytganda, ertalab uyğonganimizda qiş tugaşiga 32 kun qolgan böladi. Ha, azizlar, bir oydan keyin rahmdil bahor boşlanib, saxiy Quyoş odamlarning oğirini ança yengil qiladi. Biz doimgidek ortda qolgan haftada dunyoda sodir bölgan muhim voqealarni yodga olamiz.

Oldingi körsatuvdagi izohlarda kunlik dayjestlarda aytilmagan yangiliklarni ham berib boriş taklif qilingan ekan. Bu fikrlarni inobatga olib, bugun hafta davomida tilga olinmagan boşqa xabarlarga ham töxtalamiz.

Sulh kuçga kirdi, lekin Isroil...

Ötgan haftaning eng quvonçli yangiligi Isroil va HAMAS örtasida Ğazoda öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv kuçga kirgani böldi. Avvaliga HAMAS 3 nafar isroillik ayolni asirlikdan ozod qildi. Evaziga 90 falastinlik Isroil qamoqxonalaridan çiqdi. Ikkinçi bosqiçda HAMAS 4 kişini qöyib yubordi. Evaziga 200 falastinlik ozodlikka çiqdi. Hozirça sulh reja böyiça ketmoqda va şunday davom etsa, Navrözga borib Isroil bosqinçi armiyasi Ğazoni tark etişi kerak.

Lekin... Isroil endi Ğarbiy sohilda, ya’ni muqaddas Quddus şahri atrofida aksilterror operatsiyasi boşlaşini e’lon qildi. Tel-Aviv buni şunçaki operatsiya deb anons qildi, lekin hozirgi podşohlarning şunçaki operatsiya degani nimani anglatişini körib turibsiz. Lekin Ğarbiy sohilda Ğazodagi kabi qirğinbarot bölmasa kerak. Çunki u yerdagi Falastin muhtoriyati biroz kuçli. Hukmron FATH partiyasi ham muzokaralarni afzal köradi. Nima bölganda ham dunyo Isroilga Falastin xalqiga qarşi navbatdagi jinoyatni amalga oşirişiga yöl qöymaslik kerak.

Tramp iş boşladi

Haftaning eng kutilgan voqeasi Donald Tramp inauguratsiyasi böldi. Respublikaçi nomzod 20 yanvar kuni AQŞ konstitutsiyasiga xiyonat qilmaslikka ont içgaç, rasman prezident lavozimiga kirişdi. U amerikaliklarga katta vadalar berdi. Inauguratsiya nutqida köpçilik kutganidek Ukrainadagi uruş va Rossiya haqida bir oğiz ham gapirmadi. Avvaliga marosimda qatnaşdi, keyin bayram dasturida xotini Melanya bilan raqsga tuşdi, vitse-prezident Vens bilan dabdabali tortni kesib odamlarga tarqatdi, harbiy orkestr musiqa çalayotganda maşhur raqsini takrorladi. Xullas dimoğini çoğ qilib uxlagani ketdi.

Keyinroq esa Fox News’ga intervyu berib, Ukrainadagi uruşni töxtatiş böyiça rejalarini aytdi. Tramp uruş boşlanişida Putin va Zelenskiyni ayblab, Rossiya uning şartlariga könmasa, Moskvaga qarşi yangi sanksiyalar qöllaşi, Kiyev allaqaçon uning şartlariga roziligini aytdi. Öz navbatida Rossiya ham muzokaralarga tayyorligini bildirdi. Tez orada Tramp va Putin körişişi kutilmoqda.