Tramp ma’muriyati noqonuniy migrantlarni har kuni harbiy samolyotlarda mamlakatdan çiqarib yuborişni rejalaştirmoqda, dedi AQŞ çegara xavfsizligi bölimi boşliği Tomas Homan ABC News telekanaliga. Bu «Qöşma Ştatlar tarixidagi eng yirik deportatsiya operatsiyasi» böladi.

AQŞ hukumati tarixda birinçi marta migrantlarni uylariga qaytariş uçun harbiy samolyotlardan foydalandi va endi bu har kuni sodir böladi, dedi Homan. 23 yanvar kuni AQŞ harbiylari Gvatemalaga ikkita alohida reysda 150 nafardan ortiq migrantni yetkazgan edi. Biroq, Homan bunday parvozlar juda katta rejaning faqat bir qismi ekanini aytdi.

Yangi ma’muriyat rahbarligida AQŞ Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) agentlari mamlakatdagi 11 milliondan ortiq noqonuniy migrantlarning istalganini hibsga olişi mumkin, dedi Homan. Şu bilan birga, u noqonuniy migrantlar uçun muqobil yeçim taklif qildi: ular özi «ketişi kerak».

Avvalroq NBC News telekanali Pentagonning ikki rasmiysiga tayanib, 24 yanvar kuni Amerika harbiy samolyotlari Gvatemalaga ikki marta uçgani, har bir samolyotda 80 nafarga yaqin migrant borligi haqida xabar bergan edi.

Bundan taşqari, Qöşma Ştatlarning yangi prezidenti «Meksikada qoling» siyosatini tikladi, unga köra uçinçi mamlakatlardan AQŞ hududida boşpana izlovçilar sud qarorini Meksika hududida kutişi kerak.