Qanday omillar uning golli xatosiga olib keldi? Ikkinçi bölim boşidayoq almaştirilişiga asosiy sabab nima? Endi u asosiy tarkibdan tuşib qoladimi? Jurnalist Qahramon Aslanov APLdagi ilk özbekistonlik futbolçining debyuti borasidagi fikrlari bilan bölişdi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Keça butun Özbekiston kutgan öyin boşlanib, uç daqiqasi ötgaç, ustimizga muzdek suv quyildi. Ilk daqiqadayoq Husanovning muvaffaqiyatsiz harakati raqib goliga sabab bölgaç, yana ikki daqiqa ötib Palmerga işlatilgan qöpollik uçun unga sariq kartoçka körsatildi. Göyoki bundan badtar bölişi mumkin emasdek, endi Gvardiola darhol futbolçimizni almaştirib yuborişi yoki qizil kartoçka körsatilişi dahşatli tuş kabi ssenariyning davomi bölişi kutilgandi. Nimalar böldi özi?
Öyindan oldin
Köpçilik hammasini Abduqodirning hayajoni bilan boğlayotgan bölsa-da, uning bunçalik tez ösib borganiga e’tibor bersak, aynan şu jihatdan unda muammo bölmasligi lozim. Buni keyinçalik Husanov bilan boğliq insaydlardan ham bilib oldik, futbolçida biz öylagandek kuçli hayajon bölmagan, «Lans» tarkibidagi ilk debyutida keçagidan qiyinroq bölgan ekan. Husanovning atrofidagilar dastlabki daqiqalardagi xatolar köproq futbolçining öyin tonusi bilan boğliq, deb hisoblaşayotganini rossiyalik insayder Igor Rabiner yozmoqda.
Husanov sönggi bor maydonda 22 dekabr kuni «PSJ»ga qarşi öynagan edi. Şundan keyin «Mançester Siti» bilan faol muzokaralar davri boşlandi. Bir qator transfer rejalari barbod bölgani tufayli, moliyaviy holatini yaxşilaş uçun «Lans» kimnidir sotişi talab etilardi. Şu tufayli, fransuz klubi imkon qadar Husanovni asraşga harakat qilgan va keyingi öyinlarga tuşirmagan. Nafaqat öyinlar, ma’lum bölişiça, kutilmagan jarohatning oldini oliş uçun u hatto guruh maşğulotlaridan ham çetlatilgan va faqat individual şuğullanib yurgan.
«Mançester Siti»ga ötgaç, jamoa «PSJ»ga qarşi muhim öyin arafasida edi. Tabiiyki, jamoa içkarisida bor e’tibor Husanov öynay olmaydigan öşa öyinga qaratilgan. Husanovda şuğullaniş uçun faqat bir yoki ikki yengil maşğulotlar bölganini Pep Gvardiola ham ta’kidlab ötdi. Endi tasavvur qiling, qariyb bir oy nafaqat rasmiy, maşğulot öyinlaridan ham çetda bölgan, yangi jamoadoşlari bilan hali biror marta birga öynamagan yoş futbolçi yangi ligada, buning ustiga top raqibga qarşi tuşib, hammasi joyida bölişi juda qiyin masala edi. Tajribali murabbiy şunday vaziyatda qanday qilib yoş futbolçini ötga taşladi?
Pep Gvardiola
«Çelsi» bilan öyin arafasida Gvardiola ixtiyorida faqat bir nafar tayyor markaziy himoyaçi bor edi – Manuel Akanji. Jon Stounz bir oylik jarohatidan söng faqat Parijda 12 daqiqa töp surdi. Husanov va Reys endigina jamoaga kelib qöşilgan. Ruben Diaş va Ake jarohatlangan. Uoker ketdi. Gvardiol markazda öynaşi mumkin, ammo unda qanotda heç kim qolmaydi. Uç kun ötib «Mançester Siti»ni «Bryugge»ga qarşi muhim öyin kutib turgandi – agar öşa öyinda ğalaba qozonilmasa, jamoa Çempionlar Ligasidan çiqib ketadi.
Mavzuga oid
Ya’ni Gvardiolada Husanovdan boşqa variant ham yöq edi. Stounzni ilk daqiqalardan tuşiriş yanada xavfliroq – töqson daqiqaga tayyor bölmagan himoyaçiga nimadir bölsa, «Bryugge»ga qarşi öyinda tuşirişga heç kim qolmasdi. Aslida yoş futbolçilarni asta-sekin jamoaga va ligaga moslaştirib, imkon beriş mumkin, ammo murabbiyda boşqa yöl ham yöq edi. Şu bilan birga tan oliş kerakki, Pep Gvardiola ikki kunlik maşğulotlardan söng qörqmasdan uni maydonga tuşirgan ekan, demak Husanov şu qisqa davrda qaysidir jihatdan özini körsata olgan.
Şu örinda murabbiyning hadeb Husanovning ingliz tili bilan boğliq muammosini tilga olaverişi biroz ortiqça tuyulyapti. Aytişlariça, Husanov ingliz tilini yaxşi tuşunadi, faqat hozirça gaplaşa olmaydi. Bu mamlakatini almaştirgan köp, ayniqsa yoş futbolçilarda kuzatiladigan holat. Bu haqida köp gapirilişi hammasini börttirib körsatişi ham mumkin. Agar faqat öyindan keyin aytilganida, muvaffaqiyatsiz öyin aynan muloqot bilan boğliqligi, futbolçining mahoratiga şubha yöqligini şu orqali bildirmoqda, degan bölardik. Ammo öyindan oldin ham ingliz tili haqida köp eşitdik.
Noqulay şaroit
Husanov özi uçun noqulay şaroitga tuşib qolgani faqat debyut tezlaşgani yoki faqat hayajon bilan boğliq emas. Moslaşişning ham örni juda muhim.
Birinçidan, «Mançester Siti» himoya çiziği juda yuqori joylaşadigan jamoa sanaladi. «Lans» esa baribir aksariyat öyinlarda quyiroqda himoyalanadi. Şuningdek, u Fransiyada ham, Özbekistonda ham uç markaziy himoyaçi sxemasida töp surib kelganini yoddan çiqarmaslik kerak.
Ikkinçidan, odatda markaziy himoyaçilar uslub jihatidan ikki xil böladi va bir-birini töldiradi. Biri boşqaruvçi, öz tajribasi va öyinni tuşunişi böyiça ilğorroq böladi va şerigining harakatlarini ham nazorat qiladi. Ikkinçisi esa asosan yakkakuraşlarda kuçli böladi, kerakli paytda agressiv harakat qilişi ham mumkin. Eng zör namuna sifatida Vidiç – Ferdinand juftligini eslaş mumkin. Yoki «Liverpul»dagi van Deyk – Konate tandemi ham ideal örnak böla oladi. Balki kelajakda Husanov boşqaruvçi himoyaçi sifatida ham ösişi turgan gap, ammo ayni damda uning yonida aynan tajribali boşqaruvçi kerak edi. Diaş yoki Stounz bilan balki Husanov özini biroz erkinroq his qilişi ehtimoli kattaroq edi, menimça. Akanji esa aksinça, Husanovga yetarli madadni bermadi, hatto gol ötkazib yuborilgan epizodda özini munosib tutmadi, u ayni vazifa va holat uçun ideal şerik emas, degan bölardim.
Uçinçidan, agar «Mançester Siti»ning ilk goliga e’tibor bergan bölsangiz, ofsayd çiziğidan öng qanot himoyaçisi Nunez qoçib ketdi. Qaytgan töpga zarbani esa çap qanot himoyaçisi Gvardiol darvozaga yölladi. Goldan bir daqiqa oldin Gvardiolning özi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib borgandi. Ya’ni «Siti»ning qanot himoyaçilari ança yuqorida öynadi, Rodrisiz tayanç zonasida ham himoyalanuvçi futbolçi yöq edi. Ya’ni ikki markaziy himoyaçi uçun juda katta zona oçiq qolgan, «Çelsi» ilk daqiqalarda bundan foydalanişga urinayotganini seziş qiyin emasdi. Ayniqsa Husanov tomonida sof qanot himoyaçisi bölmagan Nunez harakatlangani uçun u Sanço – Jyekson orasida qolib ketaverdi. Ya’ni debyut öyin uçun öta noqulay şartlar.
Xato
Dastlabki beş daqiqa rostan ham dahşatli tuş edi. Aslida hayajon biz öylaganimiz qadar bölmaganini Husanovning ilk uzatmasi isbotlaşi mumkin. Uning ilk pasi oddiy emas, ança qiyin ijro edi, ammo aynan öşa uzatma yordamida «Mançester Siti» ilk xavfli vaziyatni yaratdi, ammo şu kuni debyut qilgan boşqa bir yangi futbolçi Marmuş töpni darvozabonning öziga qarata tepdi.
Golga sabab bölgan xato aslida u qadar qörqinçli emas, şunçaki har qanday tajribali futbolçida ham sodir bölişi mumkin bölgan xato turiga kiradi. Ya’ni bu xato keyinçalik boşqa raqiblarga ham qöl kelişi mumkin bölgan Husanovning qandaydir ojiz jihatlarini oçib bermadi.
Esingizda bölsa, Lisandro Martinesning «MYu»dagi debyuti «Brayton»ga qarşi öyinga töğri kelgandi. Öşanda «Brayton» Martinesning böyi pastligidan qanday foydalanişni körsatib bergan, asosan öşa zonaga köproq yuqori paslar uzatib, bir qator vaziyatlar yaratgandi. Ya’ni öşa öyin Martinesning kelajagiga ham ta’sir qilişi mumkin bölgan darajadagi muvaffaqiyatsiz öyin bölib, keyinçalik u yaxşi himoyaçiga aylangan bölsa-da, öşa qöllanma Martinesni ojiz qoldiriş uçun işlatib kelinadi.
Agar şu jihatdan qarasak, Husanovning xatosi alohida epizod – bundan heç qanday tahliliy xulosa çiqarib bölmaydi. Şunçaki, debyut bölgani, öyinning davomiga ruhiy tomondan ta’sir qilişi nuqtayi nazaridan oğir oqibatlarga sabab bölişi mumkin edi, xolos.
Sariq kartoçka
Aslida goldan köra, sariq kartoçka Abduqodirning keyingi daqiqalari uçun yanada köproq xavf solgani şubhasiz. Agar öşa sariq kartoçka bölmaganda, Husanovni öyinga qaytariş osonroq bölardi – masalan, Akanji biroz ortga surilib, Husanovni köproq özining asosiy quroli yakkakuraşlarga jalb etiş orqali, işonç berişi mumkin edi. Bir qator muvaffaqiyatli harakatlar orqali Husanovda xatoni unuttiriş imkoni bölardi.
Ammo sariq kartoçkadan keyin bizda hamma tanigan, «Mançester Siti» katta pul tölagan Husanovni köriş ehtimolimiz pasaydi, zero riskli harakatlarsiz Abduqodir endi boşqa futbolçi.
«Mançester Siti» futbolçilari Husanov ilk daqiqalardagi bosimni yengişida yordam berişgani ham tahsinga sazovor – imkon qadar uni qiyin holatda qoldirmaslikka harakat qilişdi, himoya bloki sal ortga çekinib, Husanovni noqulay şartlardan qutqarişdi, Silva, Gundöğan kabi futbolçilar esa bild-apda Husanovga yuklatilgan vazifalarni öz zimmasiga olişdi. Taym oxirlarida ança dadil Abduqodirni kördik. Pep Gvardiola birinçi bölim uçun kutilmagan muammoga duç kelgan bölsa-da, tez almaştirmasdan şu öyinning özida Husanovni öyinga qaytara olganiga rahmat aytiş kerak.
Öz navbatida, «Çelsi» ham yomon öynadi. Mehmonlarda «qotillik xususiyati» yetişmadi, negadir urilgan tezkor gol jamoaga aksinça ta’sir qildi. Aslida aynan şu oğriqli nuqtalarga urğu beriş orqali Husanov zonasidan ança köproq foyda çiqariş imkoniyati bor edi, nazarimda.
Almaştiriş
Almaştiriş taymingi Pep tomonidan mukammal belgilandi. Albatta, futbolçini kiyim almaştiriş xonasida yoki keyinroq maşğulotlarda öziga keltiriş yöli ham bor, ammo bu yerda asosiy muammo Husanovga bölgan içki bosimdan köra, taşqi bosimlardan himoya qiliş vazifasi ham bor edi. Bunday xatolar jamoa içida oson hal qilinadi, hamma tuşunadi, muammo emas. Ammo muxlislar, ayniqsa, matbuot oldida yangi yoş futbolçini asraş yanada qiyinroq. Husanovni qiyin şaroitda maydonga taşlagani tufayli, öşa muvaffaqiyatsiz debyutda asosiy mas’uliyat va aybdorlik özida bölganini Pep ham anglab yetgani şubhasiz. Agar şunday xatoni Pepning eski futbolçisi amalga oşirganda va ustiga sariq kartoçka olganida, darhol almaştirilişi ham turgan gap edi.
Tasavvur qiliş qiyin emas, ilk daqiqada golga sabab bölgan xato va ketidan almaştiriş ingliz matbuotida şafqatsiz hujumlarni keltirib çiqargan bölardi. Tabiiy ravişda Husanovning debyuti öşa muvaffaqiyatsiz harakatlar rakursida tahlil qilinar, Pepning özi ham futbolçidan qoniqmagani haqida turli taxminlar yangraşi mumkin edi.
Husanov öziga kelişga ulgurdi, tanaffusda kerakli körsatmalarni oldi, ikkinçi bölimda yaxşi harakat bilan Jyeksondan töpni olib qöygani muxlislarga aslida qanday futbolçi sotib olinganining bir uçini namoyiş qildi, keyin esa olqişlar ostida maydonni tark etdi. Hammasi joyida.
Keyingi öyinlar
Yuqorida aytilgandek, «Bryugge»ga qarşi öyinda Husanov maydonga tuşa olmaydi, uni faqat pley-off bosqiçida qaydnomaga kiritiş mumkin. APLdagi keyingi öyin esa safarda «Arsenal»ga qarşi keçadi. Katta ehtimol bilan bu öyinda Husanov boşlanğiç tarkibda tuşirilmaydi. Ammo buni aynan keçagi muvaffaqiyatsiz debyutga boğlab tuşunmaslik lozim. Çunki aslida keçagi debyut majburiy holatda bölganini Pep Gvardiolaning özi ham tan oldi.
Agar bir haftalik töliq maşğulot jarayoniga ega bölinganda, balki Husanov köp narsani namoyiş qilgan bölardi, ammo ayni paytda vaziyat boşqaça – ikki kun «Bryugge»ga qarşi öyinga tayyorgarlik köriladi, undan söng tiklaniş va hokazo. Husanovda yana tölaqonli maşğulot uçun köp imkoniyat bölmaydi. Tabiiyki, top-raqibga qarşi Pep sinalgan Stounzni tuşirişi ehtimoli kattaroq. Balki Ake ham öşa öyingaça tiklanib ulgurişi mumkin.
Yaxşiyamki, debyutni uzoq kutmadik, Husanov qaçon tuşarkin, degan uzoq muddatli kutişlar bölmadi. U maydonga tuşdi, könglimiz joyiga tuşdi, tarqalamiz. Endi Reys va Husanovning adaptitsiya jarayoni boşlanadi. Pep Gvardiola asta-sekinlik bilan yangi futbolçilarni öz öyiniga örgatişni, raqiblarga moslaştirişni boşlaydi.
Biz nafaqat bir öyinda, balkim butun mavsumlarda ham özini körsata olmagan, köpçilik tomonidan Angliyaga mos emas, deb aytilgan köplab himoyaçilar keyinçalik yulduzga aylanganini körganmiz. Hozirda «Arsenal»ning yetakçi himoyaçisi Gabriyel to Saliba bilan şerik bölgunça juda omadsiz öyinlar ötkazganini körganmiz. Hatto van Deyk yoki Varan kabi elit himoyaçilar ham oğirroq xatolardan xoli bölmaganini bilamiz. Öziga berilgan vaqtdan Abduqodir qançalik tez va örinli foydalanişiga guvoh bölganmiz. Omad.